Deputatlar: Maktablarga pullik qabullarni joriy qilish Konstitusiyaga zid!

A A A
Deputatlar: Maktablarga pullik qabullarni joriy qilish Konstitusiyaga zid!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Konstitusiyamizva qonun normasiga zid hujjatlar qabul qilinayotganiga e’tiroz bildirmoqda.

Birinchi e’tiroz: tegishli maktabga qabul qilish faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi. Bu axir, xalqning yaqinini uzoq, yengilini og‘ir qilish emasmi?

Ikkinchi e’tiroz: Maktablarga hududlarning biriktirish bo‘yicha biror bir mezonlarni belgilamasdan turib, hokimliklarga umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlash vakolatini berishning nima keragi bor?

Uchinchi e’tiroz: Nima uchun asosiy kvotaga ta’lim berish tilini inobatga olgan holda tegishli ta’lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlarda yashovchi bolalar to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilmayapti?

To‘rtinchi e’tiroz: Nima uchun 6 yoshga to‘lgan, biroq, tegishli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoshga to‘lmagan bolalarni asosiy kvota asosida bepul asosda qabul qilinishi nazarda tutilmagan? …Bular amaldagi Konstitusiyamiz va qonun normasiga, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom talablariga zidku?

Beshinchi e’tiroz: Nega, tegishli umumta’lim muassasasiga yo‘llanmaga ega va bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda (sog‘lom ekanligi ko‘rsatilganda) bolani tegishli umumta’lim muassasasiga qabul qilinishi shart ekanligi va hech qanday asosda bunday bolalarni maktabga qabul qilishni rad etish mumkin emasligi ko‘rsatib qo‘yilmagan?

Oltinchi e’tiroz: Toshkent shahrida to‘lov evaziga bir qator maktablarga qabul qilinishi belgilangan bu tartib jamiyatimizda aholini boy va kambag‘alga ajratishning hukumat hujjati bilan qo‘llab-quvvatlangan oshkora ko‘rinishiga olib kelmaydimi?

Hammamiz guvohi bo‘layotganimizdek, so‘nggi vaqtlarda e’lon qilinayotgan yangi qonun va qarorlar aholi, jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalari bo‘lib o‘tmoqda. Bunda ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniya, bosma nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni juda katta bo‘layotganligini ham e’tirof etish zarur.

Ta’limda korrupsiyaning oldini olishmi yoki taka bo‘lsin, sut bersinmi?

Eng muhimi, bu kabi muhokamalar jarayonida halqimizning bildirayotgan haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan hujjatlar bo‘yicha, vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu e’tirozlarni o‘rinli deb topib, tegishli normativ huquqiy xujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi, albatta, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan darak beradi.

Lekin, xalqning e’tiroziga sabab bo‘ladigan qarorlarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholining bu kabi haqli e’tirozini uyg‘otadigan qarorlar qabul qilinishini oldini olish yana ham yaxshiroq bo‘lar edi, albatta.

Biroq….

Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 7 iyunda e’lon qilingan “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №-469 sonli qarori ko‘pchilik fuqarolarimizning e’tirozlariga, jamoatchilikning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘ldi. Ushbu Vazirlar Mahkamasining qarori yuzasidan ko‘plab yurtdoshlarimiz, saylovchilarimiz o‘zlarining e’tirozlarini bildirib, ushbu masalada yordam so‘rab murojaat qilmoqdalar.

Xo‘sh,ushbu qarorda nimalar ko‘zda tutilgan va e’tirozlarga nimalar sabab bo‘ldi?

Avvalo, ushbu qarorda 2019/2020 o‘quv yili uchun bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish 2019 yil 20 iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etilishi nazarda tutilgan.

Birinchi e’tiroz: tegishli maktabga qabul qilish faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi nazarda tutilgan. Ko‘pchilik aholini yashash manzili esa Davlat xizmatlari markazi joylashgan yerdan ko‘ra o‘sha maktabga yaqinroq. Biroq, nega o‘sha maktabga yaqinroq yerdagi aholiga asosiy kvota bo‘yicha ushbu ta’lim muassasaning o‘ziga borib to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati berilmayapti. Bu axir, xalqning yaqinini uzoq, yengilini og‘ir qilish emasmi?

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq tuman (shahar) hokimliklari zaruratga ko‘ra tegishli yilning 1 yanvariga qadar umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlashi belgilangan.

Ikkinchi e’tiroz: Maktablarga hududlarning biriktirish bo‘yicha biror bir mezonlarni belgilamasdan turib, hokimliklarga umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlash vakolatini berishning nima keragi bor? Shundoq ham, hokimiyatlarga berilgan vakolatlardan noqonuniy manfaatlarda foydalanilayotgan holatlariga misollar yetarlicha emasmi? Buning o‘rniga, ta’lim berish tilini inobatga olgan holda tegishli ta’lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlar o‘sha umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hudud deb hisoblanishini; bunda, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, shu maktabda akasi yoki singlisi o‘qiyotgan bolalar uchun ustuvorlikni belgilash to‘g‘ri va adolatli emasmi?

Qaror bilan qabul qilingan reglamentda qabul kvotasi asosiy va qo‘shimcha kvota turlariga ajratilgan:

Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan holda shakllantiriladi;

Qo‘shimcha kvota — umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan, ya’ni tegishli yilning 1 yanvaridan 31 avgustiga qadar 7 yoshga to‘lmaydigan bolalar (tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, umumta’lim muassasalarida ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ajratiladi.

Shuningdek, ushbu reglamentdagi asosiy kvota asosida qabul qilish tartibiga ko‘ra umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha tegishli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinishi nazarda tutilgan.

Uchinchi e’tiroz: Nima uchun asosiy kvotaga ta’lim berish tilini inobatga olgan holda tegishli ta’lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlarda yashovchi bolalar to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilmayapti? Bunda boshqa tilda ta’lim beruvchi maktabga ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lgan bolalar nega ko‘rsatilmagan?

Mamlakatimiz Konstitusiyasining 41-moddasida bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, shuningdek, amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan (Garchi ushbu qonun bugungi kun talabidan kelib chiqib aytganda, yangi tahrirga muhtoj bo‘lsada, bu qonun hali bekor qilinmagan).

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi NIZOMda, jumladan, Davlat umumta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshirilishi;

Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitusiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi hisoblanishi;

Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanishi;

Umumta’lim muassasalarining I sinfiga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinishi;

Tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, I sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilishi belgilangan.

To‘rtinchi e’tiroz: Yuqoridagilardan kelib chiqib, nima uchun 6 yoshga to‘lgan, biroq, tegishli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoshga to‘lmagan bolalarni asosiy kvota asosida bepul asosda qabul qilinishi nazarda tutilmagan? Bu yoshdagi bolalarni asosiy kvota asosida qabul qilinmasligi hamda ularni faqat ma’lum miqdordagi pul evaziga qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinishi amaldagi konstitusiyamiz va qonun normasiga zidku! Qolaversa, ushbu reglamentdagi belgilangan bu kabi qoidalar, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom talablariga ham mos kelmaydiku?

Reglamentga ko‘ra, bolalarni umumta’lim muassasalariga yo‘llanmalar mavjud bo‘lmaganda rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda (sog‘lom ekanligi ko‘rsatilganda) bola umumta’lim muassasasiga qabul qilinishi belgilangan.

Beshinchi e’tiroz: Nega, tegishli umumta’lim muassasasiga yo‘llanmaga ega va bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda (sog‘lom ekanligi ko‘rsatilganda) bolani tegishli umumta’lim muassasasiga qabul qilinishi shart ekanligi va hech qanday asosda bunday bolalarni maktabga qabul qilishni rad etish mumkin emasligi ko‘rsatib qo‘yilmagan? Bu kabi majburiyat belgilanmaganligidan ta’magirlik maqsadida foydalanadiganlar topilmaydimi, axir?

Ushbu qaror bilan, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan. Shuningdek, Reglamentga ko‘ra, qo‘shimcha kvota umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, umumta’lim muassasasining o‘quvchilarni qabul qilish uchun malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib Kuzatuv kengashining tavsiyasi va umumta’lim muassasasi rahbarining buyurtmasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Oltinchi e’tiroz: Toshkent shahrida to‘lov evaziga bir qator maktablarga qabul qilinishi belgilangan bu tartib jamiyatimizda aholini boy va kambag‘alga ajratishning hukumat hujjati bilan qo‘llab-quvvatlangan oshkora ko‘rinishiga olib kelmaydimi? Umumiy ta’limning bepul ekanligi bo‘yicha mavjud Konchtitusiyaviy prinsipga va konstitusiyaviy huquqga putur yetkazibgina qolmay, jamiyatimizni kuchli tabaqalashtirilishiga olib kelmaydimi? Bu tartib korrupsiyaning oldini olish emas, balki, korrupsiyaga yo‘l qo‘yib kelgan ta’lim muassasalari mas’ullarining o‘tmishdagi ishini berkitish va qonuniylashtirish deganiku! Aslida, bunga yo‘l qo‘yganlar qonun oldida javob berishlari kerak!

Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatga kiritilgan aksariyat (balki barchasi ham bo‘lishi mumkin) umumta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarning soni ushbu muassasalarning quvvatidan deyarli ikki barobarga ko‘p bo‘lib, ikki smenada o‘qish tashkil etilganku. Shuningdek, ushbu muassasalarning aksariyatida ko‘plab fan o‘qituvchilari bo‘yicha ham vakant ish o‘rinlari mavjud. Nima uchun, reglament talablariga javob bermaydigan, ya’ni, quvvatidan o‘quvchilari soni ko‘p bo‘lgan, ikki smenada o‘qish tashkil etilgan va fan o‘qituvchilari bo‘yicha o‘qituvchilar yetishmaydigan umumta’lim muassasalari qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan muassasalar ro‘yxatiga kiritilgan? Nima uchun, xalqimizning asosiy kvota hisoblanadigan farzandlari qo‘shimcha pullik kvota asosda qabul qilingan o‘quvchilar hisobiga ikkinchi smenada o‘qishi kerak? Bu kabi holatlar ta’lim sifatiga ham salbiy ta’sir qilishi aniqku?

Xulosa o‘rnida: tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan hamda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan barcha bolalarni tegishli maktabga qabul qilishda aholiga asosiy kvota bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishli ta’lim muassasasiga murojaat qilish imkoniyati berish;

Ta’lim berish tilini inobatga olgan holda tegishli ta’lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlar o‘sha umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hudud deb hisoblanishi; bunda, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, shu maktabda oilaning boshqa farzanlari o‘qiyotgan bolalar uchun ustuvorlikni belgilash;

Boshqa tilda ta’lim beruvchi maktabga ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lgan bolalar asosiy kvotani tashkil etib, bunda, tegishli ta’lim muassassasiga eng yaqin manzildagi xonadon farzanlariga, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, shu maktabda oilaning boshqa farzandi o‘qiyotgan bolalar uchun ustuvorlikni belgilash;

Qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumta’lim muassasalariga qabul qilish uchun mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan hamda tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan hamda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan barcha bolalarni tegishli umumta’lim muassasalarida 15 avgustga qadar kelib tushgan arizalar asosida ro‘yxatini shakllantirish; bunda, sinflardagi o‘quvchilar sonini 35 tadan oshib ketishiga, ikki smenadan ortiq smenada mashg‘ulotlar olib borilishiga yo‘l qo‘ymasdan (keyinchalik bunday maktablar uchun qo‘shimcha binolar qurishni nazarda tutgan holda), zarur hollarda tegishli moliya bo‘limlari orqali yangi tashkil etiladigan sinflar bo‘yicha moliyalashtirish ishlarini hal etgan holda qo‘shimcha qabulni 31 avgustga qadar yakunlash. Bunda, bolalarning yashash manzilini tegishli maktabga qanchalik yaqinligiga hamda ustuvorlik huquqiga qat’iy amal qilinishi shart. Qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumta’lim muassasalariga qabul qilishni to‘liq bepul asosda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

So‘ngi so‘z o‘rnida: Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 10 millionga yaqin farzandari maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi bilan qamrab olingan. Bizning ham farzandlarimiz maktabgacha ta’lim muassasasida, umumta’lim maktabida, oliy ta’lim muassasida ta’lim olmoqdalar. Ushbu farzandlarimiz umrining dastlabki 20 yillari o‘zining kelajagi uchun poydevor qurish vazifasini bajarishi kerak bo‘lgan ta’lim muassasalarida o‘tmoqda. Biroq, mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida poraxo‘rlik, ta’magirlik, tanish-bilishchilik kabi illatlar saqlanib qolmoqda. Boshqaruv tizimida ko‘p hollarda mutlaqo noloyiq, mavjud muammo va kamchiliklardan bexabar yoki ularga befarq, salohiyatsiz rahbarlar ishlab kelmoqda. Mavjud muammolarni hal etishning eng birinchi zaruriy sharti bu-o‘sha muammolarni mavjudligini tan olish bo‘lsa, ikkinchi muhim shart o‘sha muammolarni hal etishda jamoatchilik muhokamalari asosida to‘g‘ri chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘lgani holda, aksariyat hollarda muammolarni yo‘qdek qilib ko‘rsatish, berkitish kabi holatlar mavjud. Bugungi kunda, davlat rahbari tomonidan barcha sohalardagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan katta imkoniyatlar, vakolatlar berilmoqda. Foydalanimayotgan ko‘plab ichki imkoniyatlar mavjud. Bularni inobatga oladigan bo‘lsak, ta’lim tizimida saqlanib qolayotgan ko‘plab muammolardan kelib chiqib, ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha bo‘g‘indagi mas’ul rahbarlarning faoliyatini qoniqarsiz deb baholash mumkin.

Men, siz va boshqa yurtdoshlarimiz o‘z farzandlarimizning kelajagini, haqiqatan ham, porloq bo‘lishini, ularni bilimli, sog‘lom va albatta, baxtli bo‘lishini chin yurakdan istaymiz. Ushbu ezgu orzularimizga barcha farzanlarimiz uchun birdek sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘ysakkina erisha olamiz? Shunday emasmi?

Abdurashid ABDUQODIROV,

Rasul KUSHERBAYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortiladi

Маданият вазири коррупция ва мансаб ваколатини суиистеъмол қилишда айбланиб судланади.

Yuragi urib turgan bemor o‘lganga chiqarildi va uning ichki a’zolaridan foydalanishdi

Органларни харид қилиш ташкилотлари шифокорларни беморларга ўлимни тезлаштирадиган дориларни юборишга ундамоқда.

Mahmud Muradov: "Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim"

Muradov Professional League ММА ташкилоти нима учун мусобақалар ташкил қилмаётганининг сабаби ҳам айтилди.

Hindiston o‘z talabalariga O‘zbekistondagi universitetda o‘qishni taqiqladi

Душанба куни Ҳиндистон Тиббиёт Кенгаши (NMC) тиббиёт йўналишидаги абитуриентларга Марказий Америкадаги учта ва Ўзбекистоннинг бир тиббиёт университетига бакалавриат даражасида тиббий таълим олишдан қатъий тийилишни қатъий тавсия қилди.

Dunyoda go‘zal bir xalq borki, uning madaniyati butun dunyo e’tiborini tortmoqda

Дунёда 100дан ортиқ давлат борки, уларнинг ҳар бирига хос тарих, маданият ва миллийлик бор ва булар инсонни ўзига жалб қилади. Дунёда гўзал бир халқ борки, унинг маданияти бугун бутун дунё эътиборини тортмоқда. Сиз Қорақалпоғистон ҳақида билармидингиз?!

Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

Сўнгра беморнинг ҳаёти ва соғлиғини хавф остига қўйиб, бирор-бир тиббий кўрсатма бўлмагани ҳолда унинг “чап оёқ сон соҳасини ампутация қилиш” режасини ишлаб чиққан.

Bugundan mijozlarga kredit ajratishda yangi tartib kuchga kiradi

Агар сиз охирги 6 ойда банкдан ҳеч қандай кредит олмаган бўлсангиз ёки илк марта кредитга мурожаат қилаётган бўлсангиз, банк қарз юкини ҳисобламаслиги мумкин.

Isroil Turkiyaning qaroridan bezovta bo‘lmoqda

Шунга қарамай, улар турк ҳаво кучлари сафига қўшилса, Анқаранинг тийиб туриш имкониятларини сезиларли даражада кучайтиради.

Er tezroq aylana boshladi – tadqiqot

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Nazarboyev boylik reytingida Trampdan o‘zib ketdi

Жаҳон сиёсатидаги энг бадавлат раҳбарларнинг ушбу рўйхатига амалдаги ва собиқ давлат раҳбарлари киради.

«O‘zga sayyoraliklar yo‘lda»

Аммо баъзи тадқиқотчиларнинг фикрича, бу ниқобланган ўзга сайёраликлар кемаси бўлиши мумкин.

“Cobalt datchiki ko‘rsatgan haroratga ishonavermang” — iqlimshunos ogohlantirdi

Иқлимшунос Эркин Абдулаҳатовга кўра, Cobalt автомобилларидаги ҳарорат датчиклари Ўзбекистон иқлимига тўлиқ мослаштирилмаган.

Islom Karimovning nabirasi behayo klip oldi va tanqidlar ostida qoldi (VIDEO +18)

Видео остида фойдаланувчилар Биринчи президентнинг маънавият ҳақидаги гапларини ёзиб қолдиришган ва Марям Тиллаева оиласига мос эмаслигини таъкидлашган.

"Ular boshqa xalqlarga qadriyatlar yoki tinchlik haqida gapirish huquqiga ega emaslar"

ОАВда Хитой ташқи ишлар вазири Ван Ининг баёноти тарқалди.

AQSh G‘aznachilik departamentini tunamoqchi bo‘lishdi

Гумонланувчига чегарани бузиш айби қўйилган.

Turkiyada o‘rmonlarga ataylab o‘t qo‘yish holatlari aniqlandi — Turkiya Ichki ishlar vaziri

Сўнгги маълумотларга кўра, Туркиядаги кенг кўламли ўрмон ёнғинлари сайёҳлар орасида машҳур бўлган Бодрум, Мармарис ва Манавгат ҳудудларига яқинлашган

Tailand–Kambodja mojarosi turistik hududlarga yaqinlashmoqda

Таиланд ва Камбоджа ўртасидаги қуролли тўқнашувлар машҳур сайёҳлик шаҳарлар — Паттайя ва Бангкокдаги туризм салоҳиятига таҳдид солмоқда.

Samarqandda yangi Tracker yonib ketdi

Хабарга кўра, воқеа жойига 1 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 16:43 да етиб бориб, ёнғин соат 16:53 да ўчирилган.

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi janglar dengizbo‘yidagi kurortlarga yaqinlashdi — OAV

Бу ҳудудлар Бангкокдан атиги 200 км, машҳур Паттая курортидан эса 150 км узоқликда жойлашган.

Eronda jangarilar sud binosiga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Маълумотларга кўра, суд биноси ташқарисида ҳам отишмалар бўлган, бино атрофидаги йўловчилар ҳам ўққа тутилган.

Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Адвокат маҳкумни қамоқдан чиқариш эвазига 30 минг доллар сўраган.

Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Бу ҳақда Озарбайжон Бош прокуратураси хабар берди.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs qo‘lga olindi

У ушбу таълим учун ҳар бир ўқувчидан 100 АҚШ доллари миқдорида тўлов олган.

Filippindagi toshqinlar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Яна 11 киши бедарак йўқолди хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Россиянинг «Ангара» авиакомпаниясига тегишли Ан-24 самолёти 24 июл куни Амур вилоятида ҳалокатга учради.

Gresiyada yirik o‘rmon yong‘ini: bir nechta qishloq aholisi majburan evakuasiya qilindi

Грециядаги қаттиқ иссиқлик фонида яна бир йирик ўрмон ёнғини келиб чиқди — бу сафар Коринф шаҳри яқинида, жанубий муниципалитетдаги тоғли ҳудудда. Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғин тез суратда тарқалган ва маҳаллий аҳоли ўз уйларини шошилинч тарк этишга мажбур бўлган.

AQSh Garvard universitetining chet ellik talabalar uchun vizaga homiylik qilish vakolati ustidan tergov boshladi

Бу ҳақда АҚШ давлат котиби Марко Рубио ижтимоий тармоқда ёзди.

G‘azoda ochlik xavfi: 100 dan ortiq insonparvarlik tashkiloti ogohlantirdi

Ғазо секторидаги очлик хавфи борасида “Save the Children”, “Chegarasiz шифокорлар” каби йирик ташкилотлар ҳам иштирок этган 100 дан ортиқ инсонпарварлик гуруҳи қўшма баёнот билан чиқди.

Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar vakolatlari cheklanishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Rossiya va Ukraina uchrashuvlarining uchinchi raundida tinchlik shartlari muhokama qilinadi

Истанбул Россия ва Украина ўртасида 2022 йил 24 февралда бошланган урушни тугатиш мақсадидаги тўғридан-тўғри музокаралар майдони бўлиб қолмоқда. Томонлар учинчи раундни ўтказишга ўзаро розилик берган.

G‘azoda Isroil hujumi oqibatida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда WAFA ахборот агентлиги хабар берди.

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан алоҳида назоратга олинган.

O‘zbekistonliklar 1 milliarddan oshiq pulini Labubuga ishlatib yuborishdi

Жаҳон маркетплейсларида мазкур ўйинчоқ 22 доллардан 900 долларгача сотилмоқда. Миллий маркетплейсда эса мазкур ўйинчоқларни 45 минг сўмдан топиш мумкин.

Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

ЙҲХБ хабарига кўра, ҳар иккала ҳолатда ҳам ҳаракат иштирокчиларининг соғлиғига зиён етмаган.

Ўзбекистонликлар 1 миллиарддан ошиқ пулини Лабубуга ишлатиб юборишди

Жаҳон маркетплейсларида мазкур ўйинчоқ 22 доллардан 900 долларгача сотилмоқда. Миллий маркетплейсда эса мазкур ўйинчоқларни 45 минг сўмдан топиш мумкин.

Тошкент вилоятида ЙПХ машинаси иштирокида ЙТҲ юз берди

ЙҲХБ хабарига кўра, ҳар иккала ҳолатда ҳам ҳаракат иштирокчиларининг соғлиғига зиён етмаган.

Украинада Mirage 2000 қирувчи самолёти қулаб тушди

Украина ҳарбийларининг маълумотига кўра, парвоз вақтида авиация техникасида носозлик юзага келган.

Тошкентда самолёт бортида йўловчи аёлга шаҳвоний шилқимлик қилган эркак қамалди

Аёл эса эркакка бу ҳаракатларини тўхтатишини ва ўзини тўғри тутиши кераклигини айтишига қарамасдан, у ўз ҳаракатларини давом эттирган.

Қибрайда қурилиш моллари дўконида ёнғин чиқди

Хабарга асосан, ёнғинни ўчириш учун 5 та ёнғин-қутқарув экипажлари соат 10:57 да воқеа жойига бориб, 11:17 да ўраб олинган ва ёнғин соат 11:50 да тўлиқ ўчирилган.

Исроил Россияни Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб беришдан тийилишга чақирди

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Россия радикал каналларга обуна бўлган хорижлик фуқароларини мамлакатга киритмаяпти

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Эрондаги жазирама сув ва электр танқислигига олиб келди

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Исроил мудофаа кучлари сўнгги 24 соат ичида Ғазода ҲАМАСга тегишли ўнлаб манзилларни йўқ қилди

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Эрдўған: Ғазодаги геноцидга сукут қилиш – жиноятга шерикликдир

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Трамп: Обама ва демократлар Россиянинг 2016 йилги сайловларга аралашуви ҳақидаги ишни сохталаштирган

АҚШнинг собиқ президенти Дональд Трамп Барак Обамани 2016 йилги президентлик сайловларида Россия уни қўллаб-қувватлагани ҳақида жамоатчилик фикрини атайлаб шакллантирганликда айблади.

Ўзбекистонда ёзги электр истеъмоли қишки кўрсаткичдан ҳам ошиб кетди

2025 йил 16–21 июль кунлари давомида кузатилган жазирама иссиқ сабабли мамлакатимиз энергетика тизимида янги тарихий рекорд қайд этилди.

ДХХ: 22 кг.дан ортиқ гиёҳвандлик воситалари мусодара қилинди

Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан мазкур шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Техасдаги тошқиндан сўнг йўқолганларнинг аксарияти топилди

Бу ҳақда CNN телеканали маҳаллий ҳокимиятга таяниб хабар берди.

Суриянинг Ас-Сувейда вилоятидаги тўқнашувларда 426 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда Сурия Инсон ҳуқуқлари тармоғи (SNHR) ўз ҳисоботида маълум қилди.

Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида очлик ва кам овқатланишдан 18 киши вафот этди

Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлигининг маълум қилишича, муҳосарадаги Ғазо секторида сўнгги 24 соат давомида очлик ва кам овқатланиш оқибатида 18 киши ҳалок бўлди.

Зеленский: Россиянинг оммавий ҳужуми натижасида Украинада 2 киши ҳалок бўлди, 15 киши яраланди

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, ўтган тун давомида Украина шаҳарлари ва аҳоли пунктларига 420 дан ортиқ дрон ва 20 тадан ортиқ ракета билан ҳужум қилинган. Ҳужумлар натижасида 2 киши ҳалок бўлган, 15 киши яраланган.

Эс-Сувейдада друзлар томонидан мажбуран кўчирилган бедуин оилалари эвакуация қилинди

Суриянинг Эс-Сувейда вилоятида друзлар қўмондони Ҳикмат ал-Ҳижрига қарашли кучлар томонидан наслдан-насл яшаб келган уйларидан мажбуран чиқарилган бедуин араб оилаларининг бир қисми эвакуация қилинди.

Исроил аскарлари Ғазода оқ байроқ кўтарган тинч фуқароларга ўқ узганини тан олди

Исроил армиясининг амалдаги ва собиқ ҳарбийлари The Wall Street Journal нашрига маълум қилишича, Исроил аскарлари Ғазо секторида гуманитар ёрдам тарқатиш пункти яқинида оқ байроқ кўтариб турган палестинлик фуқароларга нисбатан ўқ узганини тан олди.

Исроил стратегияси: Мамлакатнинг сиёсий устунликка эга бўлиш учун амалга ошираётган «ўйинлари»

16 июл куни Исроил ҳарбий самолётлари Сурия пойтахти Дамашқдаги муҳим объектларга — Мудофаа вазирлиги, Ҳарбий штаб ва Президент саройи атрофига зарба берди. Бу ҳужум оддий ҳаво зарбаси эмас эди — бу аниқ сиёсий стратегиянинг давомидир.

Машинасига 200 килодан зиёд наркотик ортган дипломат қўлга тушди — Болгария

Болгарияда дипломатнинг машинасига ортилган 200 килограммдан зиёд гиёвандлик моддаси мусодара қилинди. Таъкидланишича, мамлакат тарихида бунчалик йирик наркотик партияси биринчи марта фош қилинди.

Навоийда водород сульфид меъёрдан 16,8, аммиак 1,4 баробар ошгани маълум бўлди

Бунга «Навоийазот» корхонаси чиқиндилари сабаб бўлгани тахмин қилинмоқда. Корхона эса ҳодиса уларга алоқадор эмаслигини билдирган.

"Путин, навбатинг келди..."

Сиз бутун дунё ҳисобига арзон Россия нефтини сотиб оляпсиз, ва Президент Трамп бу ўйиндан чарчади.

Хитойдаги хусусий боғчада болалар қўрғошиндан заҳарланди

Иш бўйича олти киши, жумладан инвестор, директор ва ошпазлар ҳибсга олинган.

Гонконгда кучли тайфун авж олмоқда

Шамолнинг тезлиги соатига 160 км/соатга етмоқда.

Индонезия соҳилларида бортида 280 нафар йўловчи бўлган паром ёниб кетди

Индонезия ҳарбий-денгиз кучлари ёнғин қурбонлари ва жабрланганларни эвакуация қилиш учун учта кема юборди.

Газода болалар очликдан нобуд бўлмоқда

Бугунги кунда Газода минглаб инсонлар, жумладан, болалар ҳам очлик ва етарли озуқа етишмаслиги сабаб оғир аҳволга тушиб қолган.

Исроил ёрдам маркази яқинида 25 нафар очликдан азият чеккан фаластинликни ўлдирди

Медицин манбаларга кўра, шанба куни Исроил ҳарбийлари Жанубий Ғазонинг Рафа шаҳридаги ёрдам маркази яқинида тўпланган очликдан азият чеккан фаластинликлар тўдасига ўт очиши натижасида камида 25 киши ҳалок бўлди, яна 70 нафардан ортиқ инсон жароҳат олди.

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади — «Ўзгидромет» 21–24 июл (душанба–пайшанба) учун эълон қилган об-ҳаво прогнози шуни кўрсатмоқда.

Ас-Сувайдадаги тўқнашувларда ҳалок бўлганлар сони 940 нафарга етди

Бу ҳақда Syria Human Rights Observatory маълумотига таяниб, The Times of Israel нашри орқали "Report" хабар берди.

Аббас Аракчӣ: Эрон ва Исроил ўртасидаги ўт очмаслик режими жуда нозик

Бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббас Аракчӣ “IRNA” агентлигига берган баёнотида маълум қилди.

Steigan: Трамп Москвага ультиматум қўйди

У Москвадан Украина билан тинчлик келишувини имзолашни талаб қилди.

Трамп Ғазо секторидан 10 нафар гаровдаги шахсни қайтаришга ваъда берди

АҚШ Президенти Дональд Трамп, Ғазо секторидан яна 10 нафар исроиллик гаровдаги шахслар яқин вақт ичида озод қилиниши кутилаётганини маълум қилди.

Трамп АҚШлик медиамагнатнинг судда кўрсатма беришини интиқлик билан кутмоқда

Трамп бу ҳақда Truth Social ижтимоий тармоғида маълум қилди.

Исроил Ғазодаги қочқинлар лагерлари ва уйларга зарба берди: ҳалок бўлганлар орасида аёллар ва болалар бор

Исроил армияси Ғазо секторидаги турли ҳудудларга, жумладан, яшаш уйлари ва қочқинлар жойлашган чатирларга ҳаво ва қуруқликдан зарбалар берди.

АҚШ элчиси Исроил ҳукуматини масиҳий ташкилотларга нисбатан босимда айблади

АҚШнинг Исроилдаги элчиси Майк Хакаби Исроил ҳукуматининг масиҳий ташкилотлар ва уларнинг хорижий ходимларига нисбатан ҳаракатларидан жиддий норозилик билдирди.

«Бу сафаргиси ҳақиқий»: Исроилга янги санкциялар жорий қилинди

Санкциялар таркибига қурол етказиб беришни тўхтатиш, ҳарбий ҳамкорлини якунлаш, суд орқали жавобгарликни кучайтириш, шунингдек, Исроил компанияларга нисбатан иқтосодий чекловлар жорий этиш каби бандлар киради.

Аслида тарбиячига тарбия керак шекилли: Боғчада 2 ёшли бола шафқатсиз калтакланди

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилмоқда.

Мурод Назаров: "Тошкентда дарахтларни кесишни чекламаслик керак"

Қурилиш соҳасида фаолият юритувчи тадбиркор сўзларига кўра, дарахт кесишга қўйилган чекловлар коррупцияни кучайтиради. У мазкур масалага ечим сифатида қурувчи компания зиммасига кесилган дарахтлар ўрнига янгиларини экишни юклаш кераклигини кўрсатди.

Грузияда жиноий гуруҳлар билан алоқада гумонланган 20 киши қўлга олинди

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ ИИВ вазири ўринбосари Александр Дарахвелидзега таяниб хабар берди, дея маълум қилади “Report” агентлиги.