Dahshat! Ona qizi uchun aybsiz yetim qizaloqdan “qasos oldi”

Dahshat! Ona qizi  uchun aybsiz yetim qizaloqdan “qasos oldi”

Bu haqda Ukraina ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol 10 yoshli yetim qizaloqni aldab kvartirasiga olib kirgan, keyin uning boshi va yuziga bolg‘a va stul bilan qattiq urgan.

Shundan so‘ng u qizaloqni skotch bilan bog‘lab, butun tun davomida yolg‘iz qoldirgan. Ertalab esa qaytib kelib, uni yechib yuborib uyiga borishiga ruxsat bergan.

Biroq, qizaloq uyiga bora olmagan, ahvoli yomon bo‘lganligi bois, shahar maydonida joylashgan bog‘da o‘tirgan.

Qonga belangan qizaloqni ko‘rib qolgan yo‘lovchilar tez tibbiy yordamga murojaat qilishgan. Shifokorlar uni darhol kasalxonaning intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazishgan va unga bosh qismdagi bir nechta suyaklarining sinishi tashxisini qo‘yishgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qizaloq metall buyumlar bilan kaltaklangani bois bosh suyagi ezilgan. Aytilishicha, ayol qizaloqni o‘z qizi bilan janjal qilganlikda ayblab undan qasos olgan. Xabarlarga ko‘ra, ayol gumonlanuvchi ilgari o‘gay otasining qotili sifatida sudlangan ekan.

Hozirda 27 yoshli ayolga qarshi jinoiy ish ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!