Chilidagi otishmada besh kishi halok bo‘ldi

Chilidagi otishmada besh kishi halok bo‘ldi

Chili poytaxti chekkasida sodir bo‘lgan otishmada kamida besh kishi halok bo‘ldi va yetti kishi yaralandi.

Bu haqda «BioBio» radiostansiyasi xabar berdi.

Polisiya olti kishini qo‘lga oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma xususiy uchastkada bo‘lib o‘tgan bayram ishtirokchilari o‘rtasidagi mojaro tufayli boshlangan. Unda ishtirok etganlarning aksariyati xorijliklar ekani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!