Chexiyada 156 fuqaro koronavirusni qasddan tarqatishda ayblandi

Chexiyada 156 fuqaro koronavirusni qasddan tarqatishda ayblandi

Chexiya polisiyasi tomonidan mamlakatning 156 nafar fuqarosiga favqulodda holat rejimi paytida koronavirus infeksiyasini ataylab tarqatish aybi qo‘yilgan.

Ularning aybi tasdiqlansa, jazo sifatida 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qo‘llanishi mumkin. Chexiya qonunlariga ko‘ra, kasallikni qasddan tarqatish uchun uch yillik qamoq jazosi belgilanadi. Ushbu jinoyat uchun favqulodda rejim davrida sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va tajovuzkorning xatti-harakatlari tufayli ikkitadan ortiq odam vafot etgan bo‘lsa — 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!