Chexiya prezidenti Petr Pavel marixuanani qisman dekriminallashtirishni nazarda tutuvchi qonunni tasdiqladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, endi fuqarolarga uy sharoitida uchtagacha nasha tupini yetishtirish va 100 grammdan ortiq bo‘lmagan moddani saqlashga ruxsat berildi. Uydan tashqarida 25 grammgacha bo‘lishi joizdir.
Bu haqda MSN xabar bermoqda.
100 grammdan 200 grammgacha marixuana saqlaganlik yoki to‘rtdan beshtagacha o‘simlik yetishtirganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llaniladi. Kattaroq miqdorlar hali ham jinoiy huquqbuzarlik sifatida tasniflanadi.
Qonunni blokirovka qilishga urinish Chexiya Respublikasi Oliy davlat prokurori Lenka Bradasova tomonidan amalga oshirildi. U yangi me’yordan giyohvand moddalar sotuvchilar manfaati uchun foydalanish mumkinligi haqida ogohlantirdi. Biroq tashabbus muallifi bo‘lgan Chexiya Adliya vazirligi qonun qoidalari noto‘g‘ri talqin qilinganiga ishora qilib, uning xavotirlarini rad etdi.
Germaniyada ham xuddi shunday chora 2024 yilning 1 aprelida kuchga kirdi. Nasha giyohvand moddalar to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solinadigan taqiqlangan moddalar ro‘yxatidan chiqarildi. Voyaga yetgan fuqarolarga 25 grammgacha marixuana bo‘lish va 50 grammgacha uyda saqlash huquqi berildi. Shaxsiy foydalanish uchun uchta tupgacha etishtirishga ham ruxsat berildi. Biroq, jamoat joylarida foydalanishga faqat maktablar, bolalar bog‘chalari va sport maydonchalaridan uzoqda ruxsat etiladi. Reuters ta’kidlaganidek, nashani qonuniylashtirish Germaniya byudjetiga har yili taxminan 4,7 milliard dollar daromad keltirishi va 27 000 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.