“Chernobil” kartinasi eng yaxshi mini-serial sifatida BAFTA g‘olibiga aylandi

“Chernobil” kartinasi eng yaxshi mini-serial sifatida BAFTA g‘olibiga aylandi

Amerikaning HBO telekanali tomonidan Buyuk Britaniyaning SKY telekompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan «Chernobil» seriali Britaniya kino va televizion san’at akademiyasining "Eng yaxshi mini-serial" nominasiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Londonda bo‘lib o‘tgan BAFTA onlayn marosimida ma’lum bo‘ldi.

Serial, shuningdek, eng yaxshi operatorlik ishi va yoritish texnikasi, eng yaxshi dekorasiya, ovoz va montaj yo‘nalishlarida ham BAFTA mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, serialda akademik Valeriy Legasov rolini ijro etgan aktyor Jared Xarris esa "Eng yaxshi aktyor" mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!