Buxoroda mast bezorilar turkiyalik haydovchini do‘pposlashdi

Buxoroda mast bezorilar turkiyalik haydovchini do‘pposlashdi

Buxoro viloyatidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida mast holatdagi bezorilar turkiyalik haydovchini do‘pposlashdi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati.

Hodisa Buxoro viloyati Jondor tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 303 kilometrida sodir bo‘lgan.

Ikki nafar mast holatdagi bezorilar Turkiya Respublikasi fuqarosi 63 yoshli M.D. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomashinasiga tosh otib, uni to‘xtatishib, so‘ng urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan.

Turkiyalik fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan qonga o‘xshash dog‘lar olingan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan G.X. va J.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b,d" bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan qariyaga nisbatan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!