Buxoroda gaz yo‘qligidan norozi aholi namoyish uyushtirdi va ko‘chani to‘sib qo‘ydi. Hokimlik vaziyatni qanday izohlaydi?

Buxoroda gaz yo‘qligidan norozi aholi namoyish uyushtirdi va ko‘chani to‘sib qo‘ydi. Hokimlik vaziyatni qanday izohlaydi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda gaz yo‘qligidan norozi aholi mashina yo‘lini to‘sib qo‘yib, katta ko‘chalarga chiqib ketayotganligi aytilmoqda” degan izoh ostidagi videomateriallar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, O‘rganishlar jarayonida videomaterial Buxoro tumanidagi “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yig‘inida tasvirga olinganligi ma’lum bo‘ldi. 

Aniqlanishicha, 949 ta xonadonda 5 ming 610 nafar kishi istiqomat qilayotgan “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yig‘inida ayni paytda tabiiy gaz bosimi pasaygan. Mutaxassislar buni ob-havoning keskin tushib ketishi natijasida gaz iste’moli ko‘payishi va oqibatda hudud aholisining aksariyat xonadonlarida tabiiy gaz bosimida muammolar paydo bo‘lganligi bilan izohlashmoqda. 

Shuningdek, dastlabki o‘rganishlar jarayonida mahalladagi gaz maromlash punktining soz holatda ekanligi aytilmoqda. Hozirda gaz bosimi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. 

Bu borada batafsil axborot berilishi ma’lum qilindi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!