Buxoroda “Damas” eshak aravani urib yubordi. Ayol vafot etdi

Buxoroda “Damas” eshak aravani urib yubordi. Ayol vafot etdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi N.Uzoqovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi N.Uzoqov 2020 yil 27 iyun kuni taxminan soat 20:30 larda Qarshi shahridan “Damas” rusumli avtomashinasida qovun-tarvuz olib kelish niyatida yashash uyidan chiqqan. U yo‘l-yo‘lakay avtomashinani 30-35 tezlikda Romitan tumani “Azizon” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-65-sonli avtomobil yo‘li orqali Romitan tumani “Miyonsaroy” qishlog‘i tomonidan Romitan tumani “Alamdor” qishlog‘i tomonga boshqarib kelayotgan vaqtida, soat taxminan 21:00 larda ushbu yo‘lning “Sarbiston” qishlog‘idan o‘tgan qismiga yetib kelganida, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtomashinasi chiroqlari ko‘zini olib, old tomonida harakatlanib ketayotgan eshak aravani orqa tomonidan urib yuborgan. Eshak aravadagi keyinchalik shaxsi ma’lum bo‘lgan fuqarolar R. Boltayeva, K. Hakimova, U. Azimovalar tan jarohati olganliklarini bilib, boshqa bir yo‘lovchi avtomashinasini to‘xtatib, jarohat olganlarni tezda tuman tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelgan. Yo‘l transport hodisasida tan jarohati olgan U. Azimova vafot etgan.

Sud majlisida sudlanuvchi N.Uzoqovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 3 /uch/ yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!