Buxoroda 5 rahbar va 6 ta inspektor ishdan olindi

Buxoroda 5 rahbar va 6 ta inspektor ishdan olindi

Buxoroda ichki ishlar tizimidagi xizmat davrida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 5 amaldor va 6 profilaktika inspektori ishdan olingan.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Unda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ham qatnashgan.

Yig‘ilishda Qorako‘l tumani IIB boshlig‘i O.Qurbonov, Buxoro viloyati IIB probasiya bo‘limi boshlig‘i B.Asadov, Buxoro tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari SH.Gadoyev, Peshko‘ tumani IIB boshlig‘ininig yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Salixov, Qorako‘l tumani IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i F.Norov hamda 6 nafar profilaktika inspektori ishdan olingan.

Shuningdek, Buxoro viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i J.Boltayev, Buxoro tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Mustafoyev, Buxoro viloyati IIB 1-sonli jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari T.Abdullayevga intizomiy chora berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!