Buxoro shahrining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Buxoro shahrining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Jamol Nosirov Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro shahriga 2021 yildan boshlab 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sabab o‘z arizasi bilan lavozimidan ozod qilingandi. Uning o‘rniga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik ta’minotini ekspluatasiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.

Jamol Nosirov 1985 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2005 yilda Buxoro davlat universitetini va 2008 yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.

U Buxoro shahriga hokimlik qilishidan avval madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari va Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2015—2017 yillarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!