Buvisining uyidan pul va tilla taqinchoqlar o‘g‘irlagan 21 yoshli qizga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Buvisining uyidan pul va tilla taqinchoqlar o‘g‘irlagan 21 yoshli qizga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

19 oktyabr kuni Yashnobod tumani IIO FMBga 64 yoshli Salamatxon T. murojaat qilib, uning xonasidan pul va tilla taqinchoqlar yo‘qolganligi haqida xabar berdi, deyiladi  Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida. 

Tergov davomida aniqlanishicha, ayolning 21 yoshli nabirasi Azizaxon A. uning xonasiga kirib 10.000.000 so‘m va 4.000.000 so‘mlik taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!