Bo‘ston tumanida qariyb 15398 nafar aholi koronavirusga qarshi emlandi

Bo‘ston tumanida qariyb 15398 nafar aholi koronavirusga qarshi emlandi

Andijon viloyati Bo‘ston tumanida qariyb 15398 nafar aholi koronavirusga qarshi emlandi.

Bo‘ston tumanida Koronaviursga qarshi emlash ishlari joriy yilning 10 aprelidan boshlangan bo‘lib, shu kungacha qariyb 15398 nafar aholi vaksina bilan emlangan.

- Bugungi kunda “Covid-19” ga qarshi emlash tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tmrmoqli markaziy poliklinikada uyushqoqlik bilan olib borilmoqda, - deydi Bo‘ston tumani sanitariya epidemalogiya osoyishtalik va jamoatchilik sanitariya xizmati mas’ul xodimi Anvarjon Xalilov. - Vaksina bilan emlash jarayonlarida birinchi navbatda fuqarolarning salomatliklariga alohida e’tibor qaratayapmiz.

Ma’lumot uchun koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangandan buyon Bo‘ston tumani bo‘yicha birinchi tur doirasida 9563 nafar, ikkinchi tur doirasida 4390 nafar, shuningdek uchunchi tur doirasida esa 1445 nafar ya’ni jami 15398 nafar fuqaro to‘liq vaksina olishga erishgan.

Koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarning asosiy qismini esa 65 yoshdan yuqori hamda surunkali kasalliklari bor fuqarolar tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizda aholi salomatligiga yuksak e’tibor berilayotganining amaliy isboti bo‘lib xizmat qiladi.

Oydinoy KARIMOVA,

Andijon viloyati, Bo‘ston tumani

tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!