Bunday salomlashganlar jahannamga kiradi

A A A
Bunday salomlashganlar jahannamga kiradi

Islomda musulmon kishining tanigan va tanimaganga salom berishi sunnat amallaridan biri hamda musulmonning musulmondagi vojib haqlardan biridir. Zero, salomlashish bilan inson boshqa bir insonga salomatlik tilaydi, uning sababidan ularning o‘rtasida do‘stlik, muhabbat paydo bo‘ladi. Salomlashishning zamirida esa, inson bir inson uchun Alloh taolodan tinchlik-xotirjamlik, nuqsonlardan salomat bo‘lishini so‘rash bor. Ushbu holat dinimizning naqadar sof va tinchlikparvar din ekanligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, har bir musulmon salomlashish lafzlarini va odoblarini bilmog‘i darkor. Unga oid hukmlarni bilib amal qilishi lozim.

Xalq orasida shunday salomlashish lafzlari borki, unda o‘zlari bilmagan holda boshqa kishiga salomatlik tilash o‘rniga uning aksini, ya’ni o‘lim tilash holati bo‘lib qoladi.

Alloh taolo Mujodala surasining 8-oyatida man qilingan salomlashish haqida shunday marhamat qiladi:

ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤﮥ ﮦ ﮧ ﮨﮩ ﮪ ﮫ ﮬ

Va huzuringga kelsalar, sen ila Alloh sen bilan salomlashmagan tarzda salomlashurlar. Va ichlarida: Shu gapimiz uchun Alloh bizni azoblamasa edi , derlar. Ularga jahannam yetarlidir! Unga kirib, kuyurlar! U qanday ham yomon joy! .

Alloh taolo bu oyatda yahudiylarning hiylalarini fosh etib, ularni musulmonlarga nisbatan munosabatlari qanday ekanligini oshkor qilgan.

Yahudiylarning Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelganlarida u zot bilan Alloh o‘rgatmagan tarzda so‘rashishlari qandoq bo‘lganini quyidagi rivoyatlardan bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.

Muhaddislardan Ibni Abi Hotim Oisha roziyallohu anho onamizdan bunday rivoyat qiladilar:

Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga yahudiylar kirib kelib:

as-Somu alayka ey Abul Qosim! (ya’ni, senga o‘lim bo‘lsin ey Abul Qosim), dedilar. Oisha onamiz ularga:

Va alaykum as-Somu , (sizlarga ham o‘lim bo‘lsin) dedilar. Shunda Payg‘ambar alayhissalom:

Hoy Oisha! Alloh taolo fahsh so‘zlarni xush ko‘rmaydi , dedilar. Oisha onamiz:

Ularning as-Somu alayka (senga o‘lim bo‘lsin) deganini eshitmadingizmi? deb so‘raganlarida, Rasululloh sallalohu alayhi vasallam bunday javob qildilar:

Mening va alaykum (sizlarga ham), deganimni eshitmadingmi?

Yahudiylar har bir narsada hiyla ishlatib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va musulmonlarga yomonlik qilishning payida bo‘lardilar. Hattoki ular salomlashish paytida ham As-Salomu alaykum (sizga tinchlik bo‘lsin) deyish o‘rniga tillarini burib, As-Somu alaykum (sizga o‘lim bo‘lsin) deb sezilmaydigan qilib aytishardi.

Anas ibni Molikdan rivoyat qilinadi:

Kunlarning birida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ashoblari bilan o‘tirgan edilar. Yahudiylardan biri kelib ularga salom berdi. Uning salomiga javob berishdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ashoblariga: U nima deganini bildilaringizmi? dedilar. Ular: Salom berdi yo Rosululloh dedilar. U sizlarga: Samu alaykum dedi , dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ashoblariga unga javob beringlar dedilar va ular javob berishdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yahudiyga: Sen samu alaykum demadingmi? dedilar. U: Ha deb javob qildi. Payg‘ambarimiz alayhissalom ashoblariga: Agar sizlarga ahli kitoblardan biri salom bersa, ularga senga ham ya’ni aytgan narsang o‘zinga ham bo‘lsin deb aytinglar dedilar.

Ular o‘z qilmishlarining noto‘g‘ri ekanini yaxshi bilishardi. Shuning uchun ham ichlarida shu gapimiz uchun Alloh bizni azoblamasa edi , deb qo‘yar edilar.

Oyat so‘ngida Alloh taolo yahudiylar dilidan qanday so‘zni o‘tkazishgan bo‘lsa, shu holda yana o‘zlariga eshittirish uchun nozil qildi:

...Va ichlarida, shu gapimiz uchun Alloh bizni azoblamasa edi, derlar .

Yahudiylarning bu qilmishlari, albatta o‘z bahosini topadi.

Ularga jahannam kifoyadir, unga kirurlar. U qandoq ham yomon joy!

Demak, islom dinidagi salom lafzi siyn , lom va mim harflaridan tashkil topib, natijada salima, salomatun so‘zi tuzilib sog‘-salomat bo‘lmoq, nuqsonlardan omonda bo‘lmoq hamda tinchlik-xotirjamlik degan ma’noni beradi. Agar ushbu kalimadagi lom harfi tushib qolsa samun ya’ni o‘lim degan ma’noni beradi. Bu salomlashish turi esa shari’ati islomiyada man qilingandir. Chunki salomlashishning ushbu ko‘rinishi insonga salomatlik tilash emas, balki o‘lim tilashdir.

Taassufkim, yurtimizning ba’zi joylarida ham yahudiylarning ushbu so‘rashishiga o‘xshash salomlashish bor. Misol uchun: Somaykum lafzi bilan so‘rashish. Ammo, ularning salomi bilan yahudiylar so‘rashishining farqi shundaki, yahudiylardek yomon maqsadni niyat qilmasligidadir.

Bu, niyati yahudiylarning niyati kabi bo‘lmasa ushbu salom lafzini ishlataversinlar, degani emas. Balki, buni bilganlaridan keyin, salomlashish lafzini to‘g‘rilab, Qur’on va sunnatga mos ravishda salomlashishsinlar demoqchimiz.

Shuning bilan bir qatorda yurtimizda turli xil shevalarda salomlashishni ham kuzatishimiz mumkin. Misol uchun: as-Salom , salom va salomalaykum kabi salom lafzlari bor. Bularning barchasi ma’nosi to‘liq bo‘lmagan, lafzi hadisda aytilganidek bo‘lmaganligi uchun biz ularni hadisdagidek as-salomu alaykum yoki as-salomu alaykum va rohmatulloh yoki as-salomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh deb salom berishlarini istardik. Bu odobni nafaqat diniy mutaxassis olimlar, balki maktabgacha bo‘lgan tarbiya maskanlarida, o‘rta maktablarida axloq va odob darslarida ta’lim berilishi, xususan har bir ota-ona o‘z farzandlariga o‘rgatib borishlari zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».