O‘zbekiston Prezidenti IHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti IHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar, IHT bosh kotibi Asad Majid Xon hamda boshqa qator davlatlar va mintaqaviy tashkilotlar delegasiyalari rahbarlari qatnashdi.

IHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdid solayotgan xavf-xatarlarni qayd etdi.

O‘zbekiston yetakchisi mojaro va nizolarni diplomatiya va konstruktiv muzokaralar yo‘li bilan hal etish muhim ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Shu bilan birga, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishib bo‘lmasligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish kun tartibiga o‘tar ekan, O‘zbekiston Prezidenti qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi.

Avvalo, tashkilotning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadida "Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari - 2035" konsepsiyasini qabul qilish muhimligi qayd etildi. Hujjatda an’anaviy yo‘nalishlar bilan bir qatorda innovasiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

Ayniqsa, tovarlar va xizmatlar savdosini soddalashtirish, texnik va notarif to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, elektron tijoratni rivojlantirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Bu boradagi strategik masalalarni muhokama qilish va Savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish uchun joriy yilda Toshkent shahrida savdo vazirlarining uchrashuvini o‘tkazish taklif qilindi.

Davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha tezkor axborot almashish va ularni to‘siqsiz yetkazib berish uchun "yashil yo‘laklar" tizimini yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Investisiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yanada shaffof va jozibador investisiya muhitini shakllantirish maqsadida uzoq muddatli "Ekoinvest" dasturini qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

- Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etish, deb hisoblaymiz, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Hozirgi geosiyosiy sharoitda muqobil transport yo‘laklarini shakllantirish strategik ustuvor vazifadir. Istiqbolli Transafg‘on yo‘lagiga tutashtirilishi mumkin bo‘lgan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi keng mintaqadagi tranzit tarmoqlarini samarali bog‘lash imkonini berishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari transport-logistika sohasini raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini tashkil etishni tezlashtirish taklifini ham ilgari surdi.

- Mintaqada yangi aviaqatnovlar yo‘nalishlarini ochish, aviakompaniyalar o‘rtasida innovasion hamkorlik shakllarini yo‘lga qo‘yish, turizm va aviasiya sohalari o‘rtasida marketing bo‘yicha integrasiyalashgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir, - dedi O‘zbekiston rahbari.

Shu masalalarni muhokama qilish uchun joriy yilda Samarqandda Milliy aviakompaniyalar forumini o‘tkazish taklif qilindi.

Sayyohlar oqimini ikki barobar oshirish uchun katta salohiyat borligi ko‘rsatib o‘tildi. Tashkilot doirasida turizm xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" qabul qilinishi bunga xizmat qiladi.

Global iqlim kun tartibidagi masalalarda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligini qayd etib, Prezidentimiz cho‘l hududlarida o‘rmonlar tashkil qilish va rekreasiya zonalarini barpo etish bo‘yicha Transchegaraviy "yashil dastur" ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

O‘zbekiston yetakchisi Yuqori darajadagi qo‘mita ishini ijobiy baholab, unga kelgusi sammitga qadar IHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar tayyorlash vazifasini topshirishni taklif qildi.

- Islohotlar hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish, Tashkilotning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida ushbu sammit Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikka kuchli sur’at bag‘ishlashi va yangi bosqichni boshlab berishiga ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Hindistonda ikki farzandi bilan birga yashagan rossiyalik ayol g‘orda topildi

40 ёшли аёлнинг визаси 2017 йилда тугаган.

Qozog‘istonda 1 millionga yaqin sayg‘oqni otishga qaror qilishdi

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

"Manchester Siti"ni tark etadigan navbatdagi futbolchi nomi aniq bo‘lib bormoqda

Бу ҳақда инсайдер Фабрицио Романо хабар бермоқда.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Маданият вазирлиги хабар берди.

Yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jangi anonsiga munosabat bildirdi

Проф бокснинг иккинчи энг енгил вазн тоифасида мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ навбатдаги жангини тасдиқлади.

"Germaniyaning birlashishiga darhol rozi bo‘lib Gorbachev xato qilgan..."

Унинг фикрига кўра, Горбачев бунга дарҳол, ҳеч қандай шартларсиз рози бўлганида Германия концлери Гельмут Коль ҳатто ўз қулоғига ишонмаган

Germaniyani 2014 yilda Jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмасини муддатидан олдин қўлга киритганидан хабарингиз бор.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin

Айни вақтда терма жамоамизга Тимур Кападзе мураббийлик қилмоқда.

Yamalning tug‘ilgan kuni "burnidan buloq" bo‘ldi

Ямал 13 июль куни 18 ёшга тўлди

Kutilmagan burilish: AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatib qo‘ydi

Бу ҳақда The Wall Street Journal хабар бермоқда.

"Katta pul tikdim. Aleksandr, o‘zligingni yo‘qotma"

Мутлақ жаҳон чемпионлиги учун кечадиган жанг 19 июль куни Лондондаги муҳташам "Уэмбли" стадионида бўлиб ўтади.

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Chelsi" futbolchisining yuziga tarsaki tushirdi

"ПСЖ" бош мураббийи Луис Энрике тажовузкор хатти-ҳаракатлари учун жиддий жазоланиши мумкин.

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi bir necha hududlarga zarba berdi: 11 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab kishi yaralandi

2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.

Suriyaning Es-Suveyda viloyatida druz va beduin guruhlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv: 30 kishi halok bo‘ldi, 100 nafar yaralangan

Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.

Rossiya safida urushgan 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.

Yaponiyada 21 iyundan buyon zilzilalar to‘xtamayapti

Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.

Air India aviahalokati: yoqilg‘i uzatilishi o‘chirilgani tasdiqlandi, 260 kishi halok bo‘lgan

Ҳиндистонда Air India’нинг AI171 рейси билан боғлиқ авиаҳалокатни текшириш доирасида тажовузкор воқеалар аниқланди.

Bugundan 2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Олий ва касбий таълим муассасаларига кириш бўйича 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди.

Rossiya: jazirama ob-havo tufayli Stavropol o‘lkasida elektr energiyasi navbatma-navbat o‘chirilmoqda

У ерда ҳаво ҳарорати +42°C даражагача кўтарилган.

Britaniyaning Esseks grafligidagi Sautend aeroportida kichik o‘lchamli samolyot qulab tushdi

Beechcraft King Air B200 самолёти Нидерландияга йўл олаётган бўлган

Gruziyada savdo markazi portlash xavfi sabab evakuasiya qilindi

Айни вақтда антитеррор кучлари томонидан хавфсизлик чоралари кўрилмоқда ва марказ тўлиқ текширилмоқда.

Marg‘ilonda Jentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

Ҳодиса жорий йилнинг 10 май куни содир бўлган. Боланинг ҳаёти сақлаб қолинган

Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda yong‘in chiqdi

Вазият тўлиқ Тошкент шаҳар ФВБ томонидан назоратга олинган.

Isroillik mustamlakachilar yana «Al-Aqso» masjidiga reyd uyushtirishdi

Оккупация қилинган Шарқий Қуддусда, Исроил полицияси ҳимояси остида, фаластинликларга тегишли ерларни босиб олган исроиллик мустамлакачилар яна «Ал-Ақсо» масжиди ҳудудига рейд уюштиришди.

Isroil hujumi oqibatida falastinlik o‘smir falaj bo‘ldi va hayoti uchun kurashmoqda

Мусабнинг қисмати — Ғазода тинч аҳоли, айниқса болалар қандай азият чекётганини намоён этувчи яна бир ҳужжатли мисол бўлиб қолмоқда.

AQSh endi Yaponiya va Avstraliyaga bosim o‘tkazmoqda. Nega?

Бу ҳақда Financial Times (FT) газетаси манбаларига таянган ҳолда хабар берди.

Farg‘onada Qirg‘izistondan olib kelingan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Фуқаролар ушбу дори воситаларини келгусида сотиш мақсадида Қўқон шаҳрида ижарага олинган хонадонга олиб борган вақтларида ушланди.

G‘azo sektorida kamida 650 000 nafar bola ocharchilik xavfi ostida qolmoqda

Бу ҳақда Al Jazeera телеканали хабар берди.

Tramp: Ukrainaga qurol yetkazib berish NATO orqali amalga oshiriladi

Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.

Rafahda insonparvarlik yordamini kutgan falastinliklarga qilingan hujumda 10 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ғазодаги тиббий манбалар маълум қилмоқда.

Samarqandda 16 yoshli qiz operasiya payti vafot etdi

Ҳозирда ҳолат юзасидан суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Isroil bir kechada G‘azoda 97 nafar falastinlikni o‘ldirdi

Бу ҳақда Al Masirah телеканали маълум қилди.