Bugun Toshkentning yana bir qancha hududida gaz bo‘lmaydi

Bugun Toshkentning yana bir qancha hududida gaz bo‘lmaydi

Yashnobod tumani “Iltifot” MFYdan o‘tgan gaz quvurini issiqlik ta’minoti korxonasi ishlar olib borish vaqtida mavjud gaz quvurini uzib yuborganligi sababli gaz sizib chiqish holatini aniqlangan.

Mazkur nosozlikni bartaraf etish maqsadida bugun, 29-mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar:

Yashnobod tumani: “Assalom sohil” turar-joy majmuosi ko‘p qavatli uylardagi 520 ta aholi xonadonida, “Donishmand”, “Nodira”, “Guliston”, “A.Navoiy”, “Xosiyat”, “Yangi davr”, “Bunyodkor”, “Muqimiy”, “Tarnov boshi”, “Olmos”, “Go‘zal”, “A.Yasaviy”, “Boshliq”, “Ma’rifat” MFYlari hududidagi jami 15 000 ta uy xo‘jaliklarida hamda 350 ta ulgurji iste’molchilarda;

Mirobod tumani: “Fayzobod”, “Qo‘yliq”, “Yangi qo‘yliq”, “Oq uy”, “Qora-su” MFYlari hududidagi jami 4 400 ta uy xo‘jaliklarida hamda 200 ta ulgurji iste’molchilarda;

Sergeli tumani: Qo‘yliq 5,6,7-dahalaridagi 2 000 ta uy xo‘jaliklarida, “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY, Nufuzli ko‘chasidagi 380 ta uy xo‘jaliklarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!