Bu yil abituriyent OTMga hujjat topshirish uchun qancha to‘laydi?

Bu yil abituriyent OTMga hujjat topshirish uchun qancha to‘laydi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari “Abituriyent” ko‘rsatuvida kirish imtihonlariga oid savollarga javob berdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

“Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov qilishadi. May oyidan BHM miqdori 330 ming so‘m etib belgilangan va abituriyentlar buning yarmini – 165 ming so‘m miqdorida to‘lov qiladi”, deb ma’lumot berdi agentlik xodimi Jamshidbek Odilov.

Qayd etilishicha, hamma abituriyentlar ham testda qatnashish uchun to‘lov qilmaydi. Xususan:

  • o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • mehribonlik uylari bolalari;
  • bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20 iyundan 20 iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun qabul 10 iyulda yakunlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!