Britaniyaning yangi bosh vaziri Netanyaxu va Mahmud Abbos bilan gaplashdi

Britaniyaning yangi bosh vaziri Netanyaxu va Mahmud Abbos bilan gaplashdi

Britaniyaning yangi bosh vaziri Kir Starmer Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Britaniya bosh vazirining idorasi bayonotida aytiladi.

Qayd etilishicha, Starmer Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlar chog‘ida London «yomon tahdidlarni oldini olish uchun Isroil bilan hamkorlikni davom ettirish» tarafdori ekanini ta’kidlagan.

«Bosh vazir [Starmer] Isroilning shimoliy chegarasidagi vaziyat [Livan bilan] katta xavotir uyg‘otayotganini va barcha tomonlar ehtiyotkorona harakat qilishlari kerakligini aytgan.

Starmer G‘azodagi vaziyat haqida gapirar ekan, «o‘t ochishni to‘xtatish, garovga olinganlarni qaytarish va tinch aholiga yetkaziladigan gumanitar yordam hajmini oshirish» zarurligiga ishora qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Yaqin Sharqdagi mojaroga yechim ikki davlat tamoyiliga asoslanishi va Falastin milliy ma’muriyati «samarali boshqaruv uchun moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lishi» kerak.

Abbos bilan suhbatda Starmer «Falastin uchun islohotlar va xalqaro qonuniylikni ta’minlash muhimligini» ta’kidladi. «Bosh vazir o‘zining [Falastinning] tan olinishi tinchlik jarayonini olg‘a surishi haqidagi uzoq yillik pozisiyasi o‘zgarmaganini aytdi», — deyiladi Britaniya Bosh vazirligi idorasi bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!