Britaniyalik teleboshlovchi Instagramda kuzatuvchilar yig‘ish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Britaniyalik teleboshlovchi Instagramda kuzatuvchilar yig‘ish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Mashhur britaniyalik tabiatshunos va teleboshlovchi Devid Attenboro Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Bu haqda GRK rasmiy saytida xabar berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 94 yoshli Attenboroning Instagramdagi sahifasiga to‘rt soat ichida million kuzatuvchi obuna bo‘lgan.

"Men 60 yil davomida radio va televideniyeda ishladim, ammo Instagramga birinchi marotaba kirishim", deb ta’kidladi boshlovchi va o‘zining birinchi xabarida global isish muammolari haqida gapirdi.

Ta’kidlanishicha, sahifani boshlovchining o‘zi yuritmaydi. Unga bu ishda u bilan “Netflix”ning "Bizning sayyoramizdagi hayot" hujjatli filmida birga ishlagan Kollin Batfild va Jonni Xyuzlar yordam berishadi.

Ma’lumot o‘rnida, avvalgi rekord aktrisa Jennifer Enniston tomonidan o‘rnatilgan. 2019 yilning oktyabr oyida Instagramda o‘z sahifasini ochgan aktrisa besh soatu 16 daqiqa ichida million obunachiga ega bo‘lgan.

Bungacha rekordchilar ro‘yxatiga futbolchi Devid Bekxem va Papa Fransisk kirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!