Braziliyada baxtsiz hodisa: kamida 7 kishi o‘ldi

Braziliyada baxtsiz hodisa: kamida 7 kishi o‘ldi

Braziliyaning Para shtatida elektr uzatish liniyasi qurilishi paytida kamida yetti kishi halok bo‘ldi va besh kishi jarohatlandi. Hodisa haqida Braziliya OAVga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Fojiali hodisa 15 iyul kuni tushdan keyin Braziliyaning shimolida sodir bo‘ldi. Yuqori voltli liniya tayanchi qulagan paytda, voqea sodir bo‘lgan joyda kamida 26 kishi bo‘lgan.

Ayni paytda, olti kishi voqea joyida vafot etgani, yana bir kishi kasalxonada vafot etganligi, besh nafar jabrlanuvchi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.

Bir nechta ishchilarning taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda va qutqaruvchilar ularni qidirmoqdalar. Nima bo‘lganligi va uning sabablari tekshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!