Boysunlik fuqaro IIB inspektori kelinini zo‘rlaganini bildirib murojaat qildi

Boysunlik fuqaro IIB inspektori kelinini zo‘rlaganini bildirib murojaat qildi

Boysun tumani O‘rta machay mahallasida yashovchi fuqaro hududdagi profilaktika inspektori ustidan prezident portaliga murojaat qildi. Bu haqda Kun.uz’ning Surxondaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali yozmoqda.

Arizachi murojaatda hudud profilaktika inspektori qo‘shmachilik qilgani, kelinini o‘g‘irlab ketib zo‘rlagani, o‘ziga tahdid qilganini bayon qilgan. 

Profilaktika inspektori ustidan yozilgan ariza yuzasidan tekshiruv boshlangach, fuqaro profilaktika inspektoriga telefon qilib, 6 mln so‘m pul so‘ragan. 

Fuqaro pulni 6 mln so‘mni pora tariqasida talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!