Bosh prokuratura jurnalistlarga tahdidlar yangragan audio bo‘yicha o‘rganish boshladi

Bosh prokuratura jurnalistlarga tahdidlar yangragan audio bo‘yicha o‘rganish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni haqoratlagan va tahdid qilgan audiosi yuzasidan munosabat bildirdi.

«Bosh prokuratura tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda.

O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!