Bosh davlat sanitariya vrachi ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

Bosh davlat sanitariya vrachi  ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan  emlandi

3 may kuni  Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001  vaksinasi bilan emlandi.

Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. Bir oydan oshiq davom etayotgan vaksinasiya jarayonlari yurtimizda bu ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi.

— Aholini ommaviy emlash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mana men ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandim. Bu bilan o‘zim, oila a’zolarimning salomatligini himoya qilishim mumkin, – dedi Bahodir Yusupaliyev.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytgacha yurtimizda virusga qarshi emlangan fuqarolar soni 856 016 nafarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!