Boris Jonson jonlantirish bo‘limidan palataga olindi

Boris Jonson jonlantirish bo‘limidan palataga olindi

«Bosh vazir jonlantirish bo‘limidan palataga olindi va davolanishning birinchi bosqichini jiddiy nazorat ostida davom ettiradi. Uning kayfiyati juda yaxshi», deya Jonsonning vakilining so‘zlarini keltirmoqda Reuters.

Boris Jonsonda dastlab 27 marta kuni koronavirus alomatlari paydo bo‘lgan va uning o‘zi bu haqda tvitterdagi sahifasida xabar qilib, masofadan ishlashini ma’lum qilgandi. Ammo 10 kun o‘tib ham kasallik alomatlari yo‘qolmagach, 55 yoshli Jonson 6 aprel kuni Londondagi Sent-Tomson kasalxonasiga yotqizilgan.

Bosh vazir uch kun davomida muolajalarni har ehtimolga qarshi jonlantirish bo‘limida olayotgandi. Jonson davolanishda bo‘lgan vaqtida Britaniya bosh vaziri lavozimini vaqtincha tashqi ishlar vaziri Dominik Raab egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!