Bollivudning mashhur aktyori koronavirusga qarshi kurash fondiga 3,3 mln dollar xayriya qildi

Bollivudning mashhur aktyori koronavirusga qarshi kurash fondiga 3,3 mln dollar xayriya qildi

Hindistonlik aktyor Akshay Kumar koronavirus uchun xayriya fondi tadbirlariga qo‘shildi. U o‘z jamg‘armasidan 250 million rupe (3 million 338 ming AQSh dollari atrofida) xayriya qilgan. Bu haqda aktyor “Tvitter”dagi sahifasida yozdi.

«Hozir hamma narsa insonlar hayoti uchun xizmat qilishi kerakligining ayni vaqti», deya post qoldirgan aktyor o‘z fondidan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining xayriya fondiga hissa qo‘shmoqchi ekanini izohladi.

Aktyorning rafiqasi, kolumnist Tvinkl Kxanna esa tezda ushbu postga javob yozdi va turmush o‘rtog‘ining harakatini olqishlashi hama u bilan faxrlanishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Akshay Kumar pul o‘tkazggan PM-CARES FUND («Bosh vazir g‘amxo‘rlik fondi») xayriya tashkiloti 28 mart kuni tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!