Bolalarni emlashdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?

Bolalarni emlashdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?

Mamlakatimizda milliy emlash kalendari mavjud bo‘lib, jadval asosida bolalarga turli kasalliklarga qarshi emlash olib boriladi.
Ushbu jarayonni to‘g‘ri tashkil etish shifokor bilan bir qatorda onalarga ham bog‘liq.

Emlash orasidagi muddat kamida 1 oy bo‘lishi kerak.
Emlash vaqtida bola sog‘lom bo‘lishi lozim. Agar bolada shamollash belgilari bo‘lsa, bola to‘liq tuzalgach, 2-3 haftadan keyin emlanish kerak.
Bolani har emlashdan oldin shifokor pediatr ko‘rigiga olib borish.
Emlashdan keyin 1-2 kun bolani cho‘miltirmaslik kerak.
Emlashdan oldin va emlashdan so‘ng bir necha kun davomida bola ovqat rasioniga yangi mahsulotlar qo‘shmaslik.
Emlashdan keyin bir necha kun bolani gavjum joylarga olib bormaslik lozim.

Agar bolada turli dori vositalariga reaksiyalar, tutqanoq holatlari kuzatilsa, emlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!