“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-1-son, 11.01.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
📜 Bolalarni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasiga 2025–2026 yillarda ajratilishi nazarda tutilgan mablag‘ning bir qismini 2023 yil yoz mavsumida dam olgan bolalarning yo‘llanma xarajatlarini hamda 2024 yil yoz mavsumiga 59 ta oromgohni tayyorlash maqsadida olib borilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirishga ruxsat berildi;
📢 Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari o‘zaro muvofiqlashtiriladi;
🖥 Bundan tashqari, “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integrasiya qilinadi;
📕 Bunda yo‘llanma xarid qilish jarayonida Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining ma’lumotlari (JSHSHIR yoki guvohnoma seriyasi va raqami) kiritilganda ushbu bolaning to‘liq ism-sharifi, jinsi, tug‘ilgan sanasi, oyi va yili haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Украина президенти ўзининг Теlegram-каналида Россия армияси Владимир Путин томонидан эълон қилинган “Пасха сулҳини”ни бир суткада 2 минг мартадан ортиқ бузганини маълум қилди.
Хитой ноядровий водород бомбасини синовдан муваффақиятли ўтказди. Бу ҳақда South China Morning Post ўтган ойда эълон қилинган тадқиқотга асосланиб хабар берди.
Янги сунъий йўлдош тасвирлари илк бор Хитой ва Жанубий Корея оралиғидаги Сариқ денгизда икки мамлакат ўртасидаги муносабатларни кескинлаштирган улкан пўлат иншоотни аниқлади.
Эрон қуролли кучлари Армия куни муносабати билан парад ўтказиб, миллий камуфляждаги Россиянинг С-300 зенит-ракета комплекслари ҳамда ўзи ишлаб чиқарган замонавий ракета тизимларини намойиш этди.
Демократик партия, “Беш юлдуз ҳаракати” ва “Яшиллар ва чап қанот альянси” каби мухолифат партиялари 1967 йил чегаралари асосида Фаластинни расман тан олишни, Исроилни қоралашни, зудлик билан ўт очишни тўхтатишни ва Тель-Авивга қурол етказиб беришга эмбарго жорий этишни талаб қилмоқда.
Малдив президенти Муҳаммад Муиззу иммиграция қонунига Исроил паспортига эга бўлган шахсларнинг мамлакатга киришини тақиқловчи тузатишни ратификация қилди. Бу Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларига норозилик сифатида қилинган.