Bokudan Farg‘onaga parvozlar yo‘lga qo‘yildi

Bokudan Farg‘onaga parvozlar yo‘lga qo‘yildi

15 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:15da Ozarbayjonning “Azal” aviakompaniyasining samolyoti Farg‘onaga kelib qo‘ndi.

Boku-Farg‘ona-Boku yo‘nalishini ochgan Airbus A320 borti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.

Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aytish joizki, Farg‘ona Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan O‘zbekistondagi uchinchi shaharga aylandi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari.

1992-yilda tashkil etilgan "Ozarbayjon Havo Yo‘llari" (Azal) yirik aviatashuvchi bo‘lib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo‘lgan, MDH mamlakatlari aviasiya hamjamiyatida yetakchilardan biri hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!