Bojxona xodimiga pora berish maqsadida uni ziyofatga taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Bojxona xodimiga pora berish maqsadida uni ziyofatga taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar davom ettirilmoqda- deya xabar beriladi Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb saytida.

Ommaviy axborot vositalari orqali bojxonga xodimiga pora berishni taklif qilmaslik, ushbu jinoyat uchun javobgarlikning muqarrar ekanligi targ‘ib qilinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, ayrim shaxslar o‘zlarining g‘araz maqsadlarida bojxona xodimlariga pora berishga urinayotganliklari achinarlidir.


Joriy yilning 3 oktyabr kuni fuqaro A.N. 6 tonna rangli metallarni noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanganligi sababli uning noqonuniy harakatlari bojxonachilar tomonidan fosh etiladi.


Bunday vaziyatda A.N.ni og‘ir vaziyat qutqarib qolish, unga nisbatan to‘plangan hujjatlarni moddiy manfaat evaziga ijobiy hal qilib berish maqsadida T.I. ismli shaxs bojxona xodimiga pora taklif qilgan.


U o‘zining qing‘ir rejasini amalga oshirish maqsadida bojxonachini Namangan shahridagi “Zoxidabonu” oshxonasiga taklif etadi.
T.I. ziyofat bahonasida bojxona xodimiga 500 AQSh dollari miqdorida pora berayotgan chog‘da bojxona organlarining mas’ul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!