BMW dizayniga ega kater taqdim etildi (foto)

A A A
BMW dizayniga ega kater taqdim etildi (foto)

Sea Ray kompaniyasining Amerika tarmog‘i Sundance katerlar lineykasining 45 yilligi munosabati bilan yangi Sundancer 370 Outboard modelini taqdim etdi. Qayiq dizayni BMW Grouo tarkibiga kiruvchi Designworks kreativ studiyasi ishtirokida yaratilgan, deb xabar beradi Motor.

BMW dizayniga ega kater taqdim etildi (foto)

Foto: Sea Ray

Sea Ray bosh dizayneri Charli Fossa va BMW Designworks jamoasining vazifasi «bir vaqtning o‘zida o‘tmishga hurmat va kelajakka intilish» prinsipini o‘zida mujassam etgan dizaynni yaratish bo‘lgan. Konsepsiyaning asosiy to‘rtta postulati — nafislik, jur’at, atletizm va o‘ziga xoslik. Ularning har biri egilgan paluba liniyalari, firmaga xos korpus elementlari va «dinamik burchak hamda yuzalari»da aks etgan.

BMW dizayniga ega kater taqdim etildi (foto)

Foto: Sea Ray

Sundancer 370 Outboard bortiga besh kishi sig‘adi. Ekipaj saloni U-simon shaklda bo‘lib, yumshoq divanlar bilan jihozlangan, shuningdek, u yerda cho‘g‘siz ishlaydigan Kenyon grili o‘rin olgan. Opsiyalari qatori — tik daraxtidan yasalgan stellar, muzlatkich va elektr tizimi orqali ochilib yopiladigan shisha tom. Kayutada alohida dush, karavot, televizor va kichikroq oshxona mavjud.

BMW dizayniga ega kater taqdim etildi (foto)

Foto: Sea Ray

Kater uchta Mercury Verado 300 osma motori yordamida harakatga kelib, GPS ma’lumotlari asosida takomillashtirilgan joystik yordamida boshqariladi.

BMW dizayniga ega kater taqdim etildi (foto)

Foto: Sea Ray

Sundancer 370 Outboard’ning boshqaruv posti 16 dyuymli Simrad NSO evo3s displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u Mercury VesselView Mobile mobil dasturi va Simrad Command interfeysini qo‘llab quvvatlaydi. Kater narxi oshkor etilmagan.

Avvalroq Pyerpaolo Lassarini ismli dizayner «Avangard» nomli hashamatli yaxta loyihasini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!