BMT Sudandagi xunrezliklarda qancha odam hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi

BMT Sudandagi xunrezliklarda qancha odam hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi

Sudanda davom etayotgan keng ko‘lamli qurolli harakatlar oqibatida hozirga qadar 14 mingdan ortiq tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Bu haqda Anadolu nashri BMT hisobotiga asoslanib, ma’lum qildi.

Manbada aytilishicha, BMT Sudandagi gumanitar inqirozga qarshi birgalikda harakat qilishga chaqirgan. Gumanitar yordam paketlari ajratishga va qochqinlarni vaqtinchalik qabul qilishga mamlakatlarni undagan.

“14 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, o‘n minglab odamlar yaralandi. Agressiya to‘xtamadi. Gumanitar halokat yaqin”, — deyilgan BMT hisobotida.

BMT, shuningdek, Sudanda sodir bo‘layotgan falokatni ta’kidlab, og‘ir vaziyatni bartaraf etish uchun zudlik bilan xalqaro aralashuvni talab qilgan. Faqat siyosiy bosimgina urishuvchi tomonlarni harakatdan to‘xtata olishi aytilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Sudan aholisining to‘liq yarmi — 25 million kishi gumanitar yordamga muhtoj. 8,6 milliondan ortiq fuqaro yashab turgan hududlaridan majburan ko‘chirilgan. 1,8 million sudanlik esa qochqinga aylangan.

BMT rasmiylari, tashkilotning talablariga qaramay, Sudandagi harbiy kuchlar yangi janglarga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan. Mamlakat ikki va undan ortiq qismlarga bo‘linayotganidan xavotir bildirilgan.

“Bu umumiy mas’uliyatdir. Biz Sudan xalqining tinch va xavfsiz kelajakka intilishini qo‘llab-quvvatlashda kuch-g‘ayratimizni ayamasligimiz kerak”, — deyilgan BMT vakillari bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, Sudanda bir yil oldin prezident Umar al-Bashirning hokimiyatdan ag‘darilishi ortidan boshlangan keskinlik hali ham davom etmoqda. Mamlakat armiyasi va Sudan tezkor harakat kuchlari mamlakatning turli hududlarini o‘zaro bo‘lib olib, qurolli kurash olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!