Bir yolg‘on bilan yakson qilingan mamlakat

Bir yolg‘on bilan yakson qilingan mamlakat

Bundan 20 yil oldin, 2003 yil 20 martda AQSh va NATO Saddam Husaynda “biologik qurol bor” degan bahona bilan Iroqqa hujum qilgan edi.

26 kun davomida Iroq poytaxti Bog‘dod va boshqa yirik shaharlarga bomba va snaryadlar yog‘ildi, o‘n minglab odamlar qurbon bo‘ldi. Saddam Husayn hokimiyatni tashlab qochdi, lekin uni tutib olishdi va qatl qilishdi.

Keyinchalik BMT inspektorlari Bog‘dodda biologik qurol bo‘lmaganini va Iroq hukumati “Al-Qoida” bilan aloqasi bo‘lmagan deb e’lon qilishdi.

Ushbu urush oqibatida Iroqning 3 millionga yaqin aholi uysiz qoldi, ulardan 1,5 millioni mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi (qochqinga aylandi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!