Bir qator ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

Bir qator ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

“Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (316-son, 22.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasidagi quyidagi ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi:

? IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

? IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

? jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura bo‘yicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

? IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida o‘lim holatlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

? jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qo‘llaniladigan mahkumlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!