Bild: Polsha va Germaniya chegarasida rossiyalik shaxs qalbaki bomba bilan qo‘lga olindi

Bild: Polsha va Germaniya chegarasida rossiyalik shaxs qalbaki bomba bilan qo‘lga olindi

Kecha ertalab nemis polisiyasi Polsha bilan chegarada rossiyalik shaxs minib ketayotgan mikroavtobusni to‘xtatdi. Mashina ichidan batareyaga ulangan, bombaga o‘xshash narsa topilgan. Rossiyalik bu nima ekanligini tushuntirib bera olmagach, hibsga olingan. Voqea joyiga sapyorlar yetib kelgan va yo‘l qismi yopilgan. Keyinchalik mutaxassislar bu soxta ekanligini aniqlashgan. Polisiya tergov ishlarini olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!