Bild: Germaniyada musulmon ayol niqob kiyib mashina haydashga ruxsat berilmagani uchun sudlashmoqda

Bild: Germaniyada musulmon ayol niqob kiyib mashina haydashga ruxsat berilmagani uchun sudlashmoqda

Germaniyada yuzni berkitadigan kiyimda mashina haydash taqiqlangan. 46 yoshli Miriam Muhammad taqiqni olib tashlash uchun to‘rt yildan beri rasmiylarni sudga berib keladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u «ko‘pincha jamoat transportida kiyimi tufayli hujumga uchraydi», shuning uchun u mashina haydashni afzal ko‘radi.

«Ko‘chada hamma meni ko‘rishini yoki tanilishni istamayman. Demak, men uchun niqob erkinlik va tinchlik tuyg‘usidir», deydi Miriam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!