Bilasizmi? Muslima ayollarning kiyimi...

A A A
Bilasizmi? Muslima ayollarning kiyimi...

Ayollarning vakilasi Ummu Salama onamiz ayollarning o‘zlariga xos hassoslik bilan masalani yana oydinlashtirishni iroda qilib:

«Unday bo‘lsa, oyoqlari ochilib qoladi», dedilar.

Ya’ni «Ayollar etaklarini bir qarich tushirib yurganlarida ham oyoqlari ochilib qolishi turgan gap. Unda nima bo‘ladi?» Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hal qiluvchi javobni berdilar:

«Bir ziro’ tushirib oladilar, undan ziyoda emas», dedilar u zot».

To‘piqdan bir qarich tushirilgan etaklaridan ham oyoqlari ochilib qoladigan bo‘lsa, ayollar etaklarini bir ziro’ – ikki qarich tushirib yursinlar. Ammo undan ortig‘iga ruxsat yo‘q. Bundan maqsad avrat hisoblanadigan joyni nomahramlarga ko‘rsatmaslik ekani kelib chiqadi. Maqsad qanchalik uzun yoki qisqa bo‘lishida emas ekan.

Mashhur muhaddislardan Abulqosim Tobaroniy rivoyat qilgan uzun hadisda jumladan bunday deyiladi:

«Ummu Salama:

«Ey Rasululloh, Allohning «’uruban atroba» degan oyati haqida gapirib bering», dedi.

«Ular bu dunyodan qarib, sochi oqarib, ko‘rimsiz bo‘lib ketgan kampirlar bo‘lib, ularni qiyomatda Alloh taolo tengqur, bokira, ehtirosli mahbuba qizlar qilib qayta yaratadi», dedilar u zot.

Ummu Salama onamiz:

«Ey Rasululloh, bu dunyoning ayollari afzalmi, huri iynlarmi?» dedilar.

«Ey Ummu Salama, bu dunyoning ayollari huri iynlardan afzaldir», dedilar u zot.

Ummu Salama onamiz:

«Nimalari bilan?» deb so‘radilar.

Payg‘ambarimiz alayhissalom:

«Namozlari, ro‘zalari, Allohga ibodatlari bilan. Alloh ularning yuzlariga nur, jasadlariga ipak kiygizgan. Ranglari oppoq, kiyimlari yashil, zebu ziynatlari sariq, taroqlari tilladan. «Mangumiz, o‘lmaymiz, zor bo‘lmaymiz, bir joyda yashaymiz, ko‘chmaymiz, rozimiz, achchiqlanmaymiz, biz kimniki bo‘lsak, kim bizniki bo‘lsa, yashasin», deydilar», dedilar.

Ummu Salama onamiz:

«Ey Rasululloh, bu yerda ba’zi ayollar ikki, uch, to‘rt erga tegadilar. U dunyoda hammalari jannatga kirsalar, ayol qaysi er bilan bo‘ladi?» dedilar.

Payg‘ambarimiz alayhissalom:

«Ey Ummu Salama, u ayolning ixtiyoriga qo‘yiladi. Erlarning ichida eng xulqi yaxshisini tanlaydi. «Ey Parvardigoro, mana bu menga yaxshi xulqli bo‘lgan edi, meni shunga bergin», deydi. Ey Ummu Salama, yaxshi xulq ikki dunyoning yaxshiligiga erishtiradi», dedilar».

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning dorilfununlarida a’lo baholar ila tahsil olgan Ummu Salama onamiz roziyallohu anho o‘zlaridan savol so‘rab kelgan kishilarga ham katta va chuqur ilm sohibasi sifatida qoniqarli javob berar edilar.

Abu Dovud, Molik va Termiziylar rivoyat qiladilar:

«Bir ayol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Ummu Salamaga savol bilan kelib:

«Albatta, men etagimni uzun qilib yuruvchi ayolman. Nopok joylarda (‎‏ham)‎‏‎ ‎‏yuraman ‎‏‏‏dedi. ‎‏Ummu‏ ‏Salama:‎‏

‎«‎‏Rasululloh‏ ‏sollallohu‏ ‏alayhi‏ ‏vasallam‏:‏‎ «‎‏U(etak)‎‏ni‏ ‏keyin‏ ‏kelgan(‎‏pok‏ ‏er)‎‏poklaydi», ‎deganlar», ‎‏dedi‎».

Bu hadisi sharifdan boshqa shunga o‘xshash hadislar kabi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollarining – onalarimizning Islom jamiyatida tutgan o‘rinlarining bir qirrasini anglab olamiz.

Har bir jamiyat ham ikki qismga – ayollarga va erkaklarga bo‘linadi. Bu ikki qism ham o‘ziga yarasha bilimli bo‘lishi kerak. Ayniqsa, shariatning ayollarga xos hukmlarini erkak kishidan ko‘ra ayol kishi ayollarga o‘rgatgani ma’qul. Buning ustiga, o‘sha vaqtda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir o‘zlari ikki tomonga barobar qarashga vaqt topishlari ham qiyin edi.

Shuning uchun ham ayollarga ta’lim berib, ularning savollariga javob qilish mas’uliyatining bir qismi onalarimizga yuklatilgan edi. Ularning sonlari istisno tariqasida to‘qqiztaga yetishining hikmatlaridan biri ham shunda! Hadisdan ko‘rib turibmizki, bir ayol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Ummu Salamaga savol bilan kelib: «Albatta, men etagimni uzun qilib yuruvchi ayolman. ‎Nopok joylarda (‎‏ham)‎‏‎ ‎‏yuraman‎‎‏», dedi».

Bu ayolning ismi Hamida bo‘lib, Ibrohim ibn Abdurrohman ibn Avfning undan farzand ko‘rgani uchun ozod qilgan cho‘risi edi.

Ma’lumki, Islomda ayol kishining uzun etakli kiyimi matlub. Shu bilan birga, o‘sha uzun etaklarni iflos qilmasliklari ham matlubdir. Ammo ba’zi hollarda Hamida roziyallohu anhoga o‘xshab, xizmat yuzasidan yoki boshqa sabablardan nopok joylarda ham yurishlari mumkin. Ana shunda kiyimlari nopok bo‘lsa, nima qilishlari kerak?

Hamida roziyallohu anhoning Ummu Salama onamizga aytgan so‘zlarida ana shu ma’nolar bor edi. U kishi esa bu savolga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislari bilan javob berdilar:

«‎‏Rasululloh‏ ‏sollallohu‏ ‏alayhi‏ ‏vasallam‏:‏‎ «‎‏U(etak)‎‏ni‏ ‏keyin‏ ‏kelgan(‎‏pok‏ ‏er)‎‏poklaydi», ‎‎deganlar», ‎‏dedi‎».

Ya’ni bu «Uzunligi sababli yerdagi nopokliklarga tekkan etakni keyin kelgan pok yer tozalaydi», deganlaridir.

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Ayol kishi qanday kiyimda namoz o‘qiydi?» deb so‘raldi.

«U Ximorda va butun jismni to‘sib turadigan, ikki qadamining ustini berkitib turadigan ko‘ylakda namoz o‘qiydi», dedilar u kishi.

Ximor – ayol kishining boshi va ko‘ksini to‘sib turadigan ro‘molga o‘xshash narsa.

Ummu Salama onamiz ilmda va fiqhda ko‘pgina katta erkak sahobalardan ham yuqori turar edilar. Hatto masala talashib qolgan sahobiylar ajrim so‘rab, Ummu Salama onamizning huzurlariga kelishardi.

Buxoriy, Muslim, Termiziy va boshqalar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Abu Salama va Ibn Abbos roziyallohu anhumo jam bo‘lishganda erining o‘limidan bir necha kecha o‘tib tug‘adigan ayolni zikr qilib qolishdi. Ibn Abbos:

«Uning iddasi ikki muddatning uzog‘i», dedi.

Abu Salama bo‘lsa:

«Tug‘ishi bilan halol bo‘ladi», dedi.

Ikkovi tortisha boshlashdi. Shunda Abu Hurayra roziyallohu anhu:

«Men birodarimning o‘g‘li tomonidaman», dedi.

So‘rab kelish uchun Ruqaybni Ummu Salamaning oldiga yuborishdi. U (qaytib) kelib:

«Ummu Salama «Subay’a al-Aslamiyya erining vafotidan bir necha kecha o‘tib, tug‘di. Keyin buni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilgan edi, u zot uni erga tegishga amr qildilar», deb aytdi», dedi.

Termiziyning lafzida:

«Subay’a roziyallohu anho erining vafotidan yigirma uch yoki yigirma besh kun o‘tib, tug‘di. So‘ngra nikohlanmoqchi bo‘ldi. Bu unga inkor qilindi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilingan edi, «Agar qilmoqchi bo‘lsa, muddati keldi», dedilar», deyilgan.

Ruqayb roziyallohu anhu Ibn Abbos roziyallohu anhuning xodimlari bo‘lgan. Islom ummatining ilm dengizi hisoblangan Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudek inson Ummu Salama onamizdan savol so‘raganlaridan keyin u kishining ilm bobida kim ekanliklarini bilib olsak bo‘laveradi.

Ummu Salama onamiz roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini rivoyat qilishda Oisha onamizdan keyingi o‘rinda turadilar. U kishi 378ta hadisi sharif rivoyat qilganlar.

Ummu Salama onamiz hadislarni Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan, Abu Salama roziyallohu anhudan va Fotima onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar.

U kishidan ko‘pchilik hadislar rivoyat qilganlar. Ularning ichida sahobalardan Abdulloh ibn Abbos, Abu Sa’iyd Xudriy, Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhum, Oisha onamiz roziyallohu anho va Zaynab binti Abu Salama roziyallohu anholar bor. Shuningdek, u kishidan ko‘pgina tobe’inlar ham hadislar rivoyat qilganlar.

Ummu Salama onamiz roziyallohu anho fasohatda, she’rda va adabiyotda ko‘zga ko‘ringan shaxs bo‘lganlar.

U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hinolangan bir necha dona soch tolalarini doimo o‘zlari bilan olib yurganlar.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muslima ayollarning kiyimlari dunyodagi eng go‘zal, eng chiroyli, eng odobli, eng yaxshi, eng muhimi esa – Allohning amriga eng muvofiq kiyimlardir. Bundan ortiq sharaf bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham Allohni unutgan, Allohdan qo‘rqmaganlargina bu kiyimlarga qarshi chiqadilar. Chunki Islom dushmanlari muslimalar dinlariga amal qilsalar, Islom jamiyati yengib bo‘lmas kuchga aylanishini yaxshi biladilar. Bu masalani barcha musulmonlar yaxshi anglab yetishlari va shunga yarasha harakat qilishlari lozim.

Ulamo ahli muslima ayolning libosi to‘g‘risidagi barcha hujjat va dalillarni puxta o‘rganib chiqib, jumladan, quyidagi mulohazalarni aytganlar;

1. Ayol kishining libosi tagi bilinib turadigan darajada yupqa va tor bo‘lmasligi lozim.

2. Ayol kishi tilla va kumush bilan bezalgan, naqshlangan kiyimlarni kiyishi joiz.

3. Ayol kishi erkak kishining kiyimini kiyishi harom.

Manba: islom.z


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Kapadze: "Agar terma jamoamizni Bentu boshqaradigan bo‘lsa, xayrli bo‘lsin deyman"

Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи вазифасини вақтинчалик бажарувчи Темур Кападзе миллий жамоамизга Пабло Бентунинг тайинланиши мумкинлиги ҳақидаги хабарга ўз муносабатини билдирди.

Chayqovchilar Inoue-Ahmadaliyev jangi chiptalarini 13 barobar qimmatga sotishyapti

Хабарингиз бор, 14 сентябрь куни Япониянинг Нагоя шаҳрида жаҳон бокси учун аҳамиятли ҳисобланган профессионал бокс турнири бўлиб ўтади.

Toshkentdagi janjal yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Мазкур ҳолат юзасидан Тошкент шаҳар Ички Ишлар Бошқармаси қуйидагиларни маълум қилди.

Ekspert: «Husanov bugun «Manchester Siti»ning eng yaxshi himoyachisi bo‘ldi»

"Манчестер Сити" клуби ўйинлари ҳақида таҳлилий фикрлар ёзиб борадиган Жеронимо Морганс "Брайтон" - "Манчестер Сити" ўйинида иштирок этган Абдуқодир Ҳусанов ҳақида илиқ фикрлар билдирди.

“Bu yerlarning asl egasi bizmiz”

Ҳеч ким бизни юртимиздан қувиб чиқара олмайди.

Rossiya Qurolli Kuchlari "Azov" texnikalarini yo‘q qildi (video)

ТАСС агентлиги хабар беришича, аҳоли пункти яқинидаги ўрмонларда 8 та хорижий зирҳли техника ва 50 ҳарбий хизматчи йўқ қилинган.

Mask: "Bu ketishda Yevropa yo‘q bo‘lib ketadi"

Бу ҳақда америкалик миллиардер ва тадбиркор Илон Маск "Х" ижтимоий тармоғида ёзди.

Pep Gvardiola: «Husanov maydonni tark etmaganida, ikkinchi golni o‘tkazib yubormagan bo‘lardik»

"Манчестер Сити" бош мураббийи Пеп Гвардиола "Брайтон"дан ўтказиб юборилган гол борасида ўз фикрини билдириб ўтди.

«Man Siti» yo‘qotishga uchradi

"Манчестер Сити"нинг қанот ҳужумчиси Райан Шерки Англия чемпионатидан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда жамоага ёрдам бера олмайди.

EI Rossiyani jiddiy tashvishga soladigan tashabbus bilan chiqdi

2028-2034 йилларга мўлжалланган янги бюджет лойиҳасида Еврокомиссия Европа Иттифоқининг мудофаа харажатларини беш баравар оширишни таклиф қилди.

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Йўловчи самолёти қўнишга яқинлашганда ҳаво диспетчери ва экипаж ўртасидаги алоқа узилиб қолди

Qarshida 150 nafar yo‘lovchili samolyot g‘oyib bo‘ldi

Самолёт сигнал беришни тўхтатган ва аэродромдан 12 км радиусда радарлардан ғойиб бўлган.

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadionining ahvolini ko‘rdingizmi? (Foto)

Кеча "Бунёдкор" стадионида жаҳон машҳур қўшиқчи Женнифер Лопеснинг концерт дастури бўлиб ўтди.

Qishloq xo‘jaligi vaziri qo‘lga olindi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси маълум қилди.

Xitoyliklar ayol o‘rnini bosa oladigan robot ixtiro qildi

Бу ҳақда Хитой ОАВлари хабар бермоқда.

Xitoy paradda dahshatli yadroviy raketasini namoyish etdi (video)

Маълумки, бундай ракеталарни йўқ қилиш радиуси бутун сайёрани қамраб олади.

Prezidentning singlisi pora olganlikda ayblanmoqda

Президент маъмурияти бош котиби лавозимини эгаллаб турган аёл дори-дармонларни харид қилишда коррупцион схемаларда иштирок этганликда айбланмоқда

Favqulodda vaziyatlar agentligining ikki xodimi ish joyida pornovideo tomosha qilgani uchun ishdan bo‘shatildi

Фавқулодда вазиятлар агентлигининг икки ходими "девиант" порнографияни томоша қилгани учун ишдан бўшатилди

Putin Zelenskiyga Moskvada uchrashishni taklif qildi

Бу ҳақда Россия президенти Хитойга ташрифининг якунига бағишланган матбуот анжуманида айтиб ўтди.

Qozog‘iston yana bir o‘zbekistonlik bokschini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Бу ҳақида қозоғистонлик журналистлар Уалихан Косанбай ва Олжас Байбосин «Бірінші Бол» каналида маълум қилди.

Isroil armiyasi G‘arbiy Sohildagi ikki falastinlik uyini buzib tashladi

Исроил армияси ишғол остидаги Ғарбий Соҳилда фаластинликларга тегишли икки уйни қурилиш рухсатномаси йўқлигини баҳона қилиб бузиб ташлади.

YUNISEF: 2026 yil oxirigacha yana 6 million bola ta’limdan mahrum bo‘lishi mumkin

Бу ҳақда БМТ Болалар жамғармаси (ЮНИСЕФ) томонидан эълон қилинган тадқиқотда қайд этилган.

Chumchuq go‘shtidan shashlik tayyorlagan choyxona rahbariga 4120000 so‘m jarima solindi

Янгийўл туманидаги Улфатлар чойхонасида чумчуқ гўштидан шашлик пиширилаётгани акс этган видеолавҳа ижтимоий тармоққа жойлаштирилди.

Bir kunda qamal ostidagi G‘azoda yana olti kishi, jumladan bir bola ochlikdan halok bo‘ldi

Исроил армияси томонидан қамал қилинган Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида яна олти нафар фаластинлик, жумладан бир бола очлик ва ўткир тўйиб овқатланмасликдан ҳалок бўлди.

UNICEF G‘azodagi vaziyatni ocharchilik xavfi tufayli “mutlaq falokat” deb atadi

UNICEF вакили Тесс Инграм Ғазо шаҳрида очарчилик тарқалиши хавфи ҳақида огоҳлантириб, аҳоли фарзандлари учун озиқ-овқат топиш учун изтироб билан курашаётганини таъкидлади ва вазиятни “мутлақ фалокат” деб баҳолади.

BMT zilzila sodir bo‘lgan Afg‘onistonga 25 ta guruh yubordi

Бу ҳақда БМТнинг гуманитар масалаларни мувофиқлаштириш бошқармаси маълум қилди.

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari hibsga olindi

Гумонланувчилар вақтинчалик сақлаш изоляторига жойлаштирилди. Ҳозирда тергов давом этмоқда.

“Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev mushtlashgani” yuzasidan IIB rasmiy bayonot berdi

У воқеа жойига 1995 йилда туғилган диск улоқтириш бўйича икки карра Паралимпиада чемпиони Э.С. билан бирга боргани маълум бўлди.

Raqobat qo‘mitasi internetdagi firibgarlik aksiyalari haqida ogohlantirdi

Қўмита расмий сайтларни ўрганиб, бу акциялар ҳақиқий эмаслиги ва бренлар томонидан бундай тадбирлар ўтказилмаётганини аниқлади.

Rossiyada jarimaga tushgan mashinani it haydaganmi?

Одамлар кадрларда ўнг томонда панжара, чап томонда эса фақат йўл кўринганини қайд этган.

Isroil armiyasida yana bir askarning o‘z joniga qasd qilish holati qayd etildi

Ғазо секторига уюштирилган ҳужумларда қатнашган Исроил армиясига қарашли Голани бригадасининг бир аскари мамлакат шимолидаги ҳарбий база ҳудудида ўлик ҳолда топилди.

Braziliyaning sobiq prezidenti ustidan sudning hal qiluvchi bosqichi boshlandi

Бразилиянинг собиқ президенти Жаир Болсонару устидан суд жараёни бугун якуний босқичга киради.

BMT: G‘azoda aholining 10% o‘lgan yoki yaralangan

10 мингдан ортиқ одам бедарак, уларнинг кўпчилиги вайроналар остида қолган деб ҳисобланмоқда.

Namangan shahar hokimi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Унга нисбатан “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev fuqaro bilan mushtlashdimi?

Гувоҳлар иддаосига кўра, спортчи фуқарони мушт билан уриб ерга йиқитган. Жабрланувчининг ҳозирги аҳволи ҳақида ҳозирча расмий маълумот йўқ.

Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasida ikki qirg‘iz fuqarosi otib o‘ldirildi

Ўзбекистон чегарачиларига кўра, уларни тўхтатишга уринилганда фуқаролар талабларга итоат этмаган ва шу сабабдан қурол қўлланилган.

G‘azoda yana 9 falastinlik ochlikdan halok bo‘ldi

Исроил армияси томонидан қамал қилинган Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида 9 фаластинлик, жумладан 3 бола очлик ва тўйиб овқатланмасликдан ҳаётдан кўз юмди.

Germaniyada giyohvandlik sabab har kuni 6 kishi vafot etmoqda

30 ёшгача бўлганлар орасида гиёҳвандлик туфайли ўлим 14 фоизга ошган.

G‘azoda 660 ming bola uchinchi yil maktabga bora olmayapti

БМТнинг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (UNRWA) маълум қилишича, Исроилнинг Ғазога қарши 23 ойлик уруши 660 минг болани кетма-кет учинчи йил ҳам мактабдан маҳрум қилмоқда.

Venesuela hukumati AQShni og‘oxlantirmoqda: «Bizning qirg‘oqlarimizdan uzoqroq turing»

Венесуэла вице-президенти ва нефть вазири Делси Родригес АҚШга қарши кескин баёнот билан чиқиб, Вашингтонни мамлакат ички ишларига аралашмасликка ва Венесуэла ҳудудидан узоқроқ туришга чақирди.