Beyl 9 million dollarlik golf turnirida ishtirok etadi

Beyl 9 million dollarlik golf turnirida ishtirok etadi

Uels terma jamoasining sobiq hujumchisi Garet Beyl bor e’tiborini sevimli sport turiga qaratdi.

"Real"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlagani e’lon qilinganidan atigi ikki hafta o‘tib, maydonga qaytadi, lekin futbol maydoniga emas. Instagramda u professional o‘yinchilar bilan birga golf turnirida ishtirok etishini e’lon qildi.

"Keyingi oy boshida AT&T Pebble Beach Pro-Am turnirida ishtirok etishimni mamnuniyat bilan e’lon qilaman!" - deyiladi xabarda.

"Real"ning sobiq qanot yarim himoyachisi hech qachon golfga bo‘lgan ishtiyoqini yashirmagan, buning uchun u Madrid jamoasi muxlislari tomonidan bir necha bor tanqid qilingan. O‘tgan yilning fevral oyida uelslik sobiq futbolchi taniqli golf klubi Royal&Ancient elchisi bo‘ldi.

Beyl allaqachon professionallar va havaskorlar o‘rtasidagi turnirlarda qatnashishga ulgurdi, biroq sobiq futbolchi birinchi marta faqat professionallar bilan to‘qnash keladi. Turnir 2-5 fevral kunlari Kaliforniyada bo‘lib o‘tadi. Garet Beyl 9 million dollar mukofot jamg‘armasi uchun kurashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!