Bemorning «men kasalman», deyishi shikoyatmi?

A A A
Bemorning «men kasalman», deyishi shikoyatmi?

Hishomdan, u otasidan rivoyat qilinadi:
Men Abdulloh ibn Zubayr bilan Abdullohning qatl qilinishidan o‘n kun oldin Asmoning oldilariga kirdim. Asmo bemor edi. Abdulloh unga:
Holingiz qanday? dedi.
Bemorman , dedi.
Men o‘limning qarshisida turibman , dedi.
Ehtimol, mening o‘lishimini xohlaydirsan? Shuning uchun orzu qilayotgandirsan. Unday qilma! Allohga qasamki! Menga sening ikki tomoningdan biri kelmaguncha o‘lishni istamayman. Yoki qatl qilinasan va men savob olaman. Yoki zafar quchasanu ko‘zim quvoncha to‘ladi. Zinhor o‘zingga taqdim qilingan va to‘g‘ri kelmaydigan rejani o‘lmdan qo‘rqib qabul etmagin , dedi .

Sharh: Bu hadisda aytilganidek, Asmo roziyallohu anho hol so‘ragan o‘g‘illariga kasalman, dard chekyapman, deganlari shikoyat emas ekan. Agar shikoyat bo‘lganida, Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anho kabi buyuk onalarimiz bu gapni aytmagan bo‘lardilar.

Bu masala bo‘yicha kelgan hadisi shariflarni jamlab o‘rganib chiqqan ulamolar, bemor o‘z bemorligi va uning shiddati haqida xabar berishi joiz deydilar. Bunda duo, davo va maslahat so‘rash ma’nosi bor. Faqat bu narsaga shariat man’ qilgan narsa aralashmasligi shart. Bemorning o‘z xastaligi haqida xabar berishida jamoat va ibodatga hamda shularga o‘xshash boshqa ishlarga qatnasha olmaslik uzri ham bayon bo‘ladi.

Bu masalada holdan xabar berish bilan shikoyatning farqi borligini ajratish kerak. Shikoyat o‘ziga yetgan noxushlikka e’tiroz bildirishdir. Bu esa dinimizda man’ qilingan. Ammo duo, davo va tasalli umidida bor narsaning xabarini aytish joiz.

Asmo hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning katta qizlari, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynisingillari, Oisha onamiz roziyallohu anhoning opalari bo‘ladilar.

Abdulloh ibn Zubayr esa u kishining o‘g‘illari bo‘ladilar. O‘sha paytda Abdulloh ibn Zubayrni Hajjoj ibn Yusuf as-Saqafiy degan zolim odam Masjidul Haromga qamal qilib olib, qattiq urush ketayotgan edi. Mazkur qamal yetmish ikkinchihijriy sananing ertaga birinchi Zul-Hijja degan kechasi boshlangan edi.

Demak, Abdulloh ibn Zubayr hayot-mamot jangi ketayotgan bir paytda ukalari Urva ibn Zubayr bilan birga onalarining oldiga kirganlar. Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhuma o‘sha paytda kasal bo‘lib yotgan ekanlar.

Shunda Abdulloh ibn Zubayr: Men o‘limning qarshisida turibman. Jang bo‘lyapti. Dushman menga g‘olib kelyapti. Tirik qolishimdan umid yo‘q shekilli , dedilar.

Asmo roziyallohu anho shunday dedilar: Nima, onam mendan oldin o‘lsaydi, deyapsanmi? Mening o‘limimni hohlayapsanmi? Shuning uchun mana shu gaplarni aytyapsanmi? Yo‘q, unday qilma. Allohga qasami, men sen yo g‘olib kelmaguningcha, yo qatl bo‘lmaguningcha o‘lmoqchi emasman. Yo jangda g‘olib kel, ko‘zim quvonsin yoki seni o‘ldirishsin-da, sening o‘limingga men chidab, savob olay. Boshqa gap yo‘q. Senga biror reja aytib, shartlar qo‘yishsa, ko‘nmagin. O‘limdan qo‘rqib, ularning aytganini, ularning shartini qabul qilmagin. O‘zingning aytganingda mahkam tur! .

Yuqoridagi gaplardan so‘ng Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu u yerdan chiqdilar. Bu yerda yozilmagan rivoyatlarga ko‘ra, urushni davom ettirdilar. Hamma odamlari o‘lib, bir o‘zlari qolganlar. Shunda ham urushaverganlar.

Biroz urush to‘xtaganda yana onalarining oldilariga kirganlar va: Hamma odamlarim o‘lib bo‘ldi, bitta o‘zim qoldim deganlar.

Asmo roziyallohu anho: Chiqib, urushaver deganlar.

O‘g‘illari: Men urushaveraman, lekin o‘lganimdan keyin terimni shilisharmikan, deb qo‘rqyapman desalar, onalari O‘lgan qo‘yning terisini shilishdi nima-yu, shilishmadi nima? Chiq, urish! deganlar.

Shundan so‘ng Abdulloh ibn Zubayr chiqib, katta bir qo‘shinga qarshi yakka o‘zlari jang qilganlar va shu yerda qatl qilinganlar. Bu to‘qson yoshga yetib ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rgan sahobiya ayolning shijoati edi.

Imom Ibn Jarir Tobariy yetmish uchinchi hijriy sana hodisalari haqida yozgan ma’lumotlarida jumladan quyidagilarni bayon qiladi:

Odamlarning nomardligi ko‘rgandan keyin onasi Asmoning oldiga kirdi va:

Onajon! Odamlar, hatto bolam va ahlim ham meni yordamsiz qo‘ydilar. Men bilan bir soatga sabr qila oladigan ozgina odamlardan boshqa hech kim qolmadi. Anavi qavm esa, menga dunyodan nimani istasam o‘shani berishga tayyor. Nima deysiz? dedi.

Sen, bolam, Allohga qasamki, o‘zingni o‘zing yaxshi bilasan. Agar o‘zing haqda ekaningni bilsang va unga da’vat qilayotgan bo‘lsang, davom et. Sheriklaring qatl bo‘ldilar. Bani Umayyaning g‘ulomlari seni o‘yin qilishlariga imkon berma. Agar dunyoni istagan bo‘lsang, sen qanday ham yomon bandasan! O‘zingni ham halok qilding. Sen bilan qatl bo‘lganlarni ham halok qilding. Agar haqda edim, ammo sheriklarim kuchsizlanganda men ham zaiflashdim deydigan bo‘lsang, bu hurlarning va din ahlining ishi emas. Dunyoda abadiy qolarmiding?! Undan ko‘ra o‘lgan yaxshi!

Ibn Zubayr yaqinlashib onasining boshidan o‘pti va:

Allohga qasam! Mening fikrim ham shunday! Men bugungi kungacha chaqirib kelgan narsa shulki, men dunyoga moyil bo‘lmadim va undagi hayotga muhabbat qo‘ymadim. Men xuruj qilishga undagan narsa faqatgina Alloh uchun Uning haramini halol sanalgani bo‘ldi. Men sizning fikringizni bilmoyachi edim, xolos. Bas, siz mening fahmimni ziyoda qildingiz. Nazar soling, onajon! Ushbu kun men qatl bo‘laman. Mahzunligingiz shiddatli bo‘lmasin. Allohning amriga taslim bo‘ling. Sizning o‘g‘lingiz munkar ish va fohisha amal qilishga odatlanmagan. Allohning hukmida javr qilmagan. Omonatga xiyonat qilmagan. Mening uchun Robbimning roziligidan ko‘ra ustun narsa bo‘lmagan.

Allohim! Men buni o‘zimni o‘zim oqlash uchun aytayotganim yo‘q. Seni meni o‘zimdan yaxshi bilasan. Ammo buni onam uchun tasalli bo‘lishi uchun aytmoqdaman , dedi.

Shunda onasi unga:

Albatta, Allohdan sening azang men tomonimdan yaxshi bo‘lishini so‘rayman. Albatta, agar mendan oldin ketsangyu agar men sendan oldin ketadigan bo‘lsam, o‘zi uchun. Chiq! Ishining oxiri nima bo‘lishini ko‘ray , dedi.

Onajon. Alloh sizga yaxshi mukofot bersin. Meni oldin ham, keyin ham duodan bebahra qilmang , dedi.

Hech ham duoni qo‘ymayman. Odamlar botil yo‘lida qatl bo‘lsalar, sen haq yo‘lda qatl bo‘lmoqdasan.

Allohim! Uzun kechalardagi uzoq qiyomlar rahmini qilgin! Madiyna va Makkaning issiqlaridagi yig‘ilar va chanqoqlar rahmini qilgin! Otasiga va menga qilgan yaxshiliklari rahmini qilgin!

Allohim! Uni O‘z ishing uchun O‘zingga topshirdim! Menga ravo ko‘rgan qazoingga rozi bo‘ldim! Abdulloh haqida menga sabr va shukr qiluvchilar savobini bergin! dedi... .

Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu yetmish uchinchi hijriy sananing Jumadul Avval oyining o‘n uchinchi kuni, Masjidul Haromda qatl etildilar.

Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam isitmalab, qatiyfa yopinib yotganlarida huzurlariga kirdi. Bas, qo‘lini U zotning ustlariga qo‘ydi. Qatiyfaning ustidan haroratni sezdi. Shunda Abu Sa’iyd:

Isitmangiz buncha ham kuchli, ey Allohning Rasuli? dedi.

Biz shundaymiz. Bizga balo shiddatli bo‘ladi va ajr ko‘paayadi , dedi lar.

Ey Allohning Rasuli! Odamlarning qay birining baloga uchrashi shiddatli?! dedi.

Anbiyolarning. So‘ngra solihlarning. Ulardan biri faqirlik balosiga uchrardi. Hattoki yirtilib ketgan chopondan boshqa kiygani narsa topa olmasdi. Bit balosiga yo‘liqardi. Hattoki uni o‘ldirardi. Ularning birining balo tufayli sevinchi, sizlarning birinizning ato tufayli sevinchidan ko‘ra kuchli bo‘lardi , dedilar .

Sharh: ulug‘ sahobiy Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhu istimalab yotgan payg‘ambarimiz alayhissalomni ko‘rgani krisalar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ustlariga arablar qatiyfa deb nomlaydigan choponga o‘xshash narsa yopib qo‘yilgan ekan. Roviy o‘sha choponga qo‘llarini qo‘yibdilar. Qarasalar, isitmaning harorati choponning ustigacha chiqyapti.

Shunda Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhu: Ey Allohning Rasuli! Muncha ham qattiq isitmalabsiz? - deb so‘rabdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ha, biz shunaqamiz. Bizga balo shiddatli bo‘ladi va shu sababli ajr ko‘paytirib beriladi , - debdilar.

Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhu: Ey Allohning Rasuli! Odamlarning qaysilariga balo shiddatli bo‘ladi? - deb so‘rabdilar.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Avliyolarga. Ulardan keyin ahli solih kishilarga. Bir paytlar ulardan birlariga faqirlik yetar edi. Hattoki bitta yrtilib ketgan kiyimdan boshqa narsasi qolmas edi.

Ba’zilariga bit tushib ketib, o‘sha bitlar uni o‘ldirib ham yuborar edi. Ana shunday balolarga ham uchragan ahli solihlar. Ana o‘sha ahli solih kishilar o‘ziga balo yetsa, sizlar ato yetganda xursand bo‘lganingiz kabi xursand bo‘lishardi , debdilar.

Ushbu hadisdan ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga yetgan kasallik, isitma shiddatlarini Allohning rahmati, Parvardigori olamning mehribonligi deb qabul qilganlari ma’lum bo‘ladi. Bu narsa faqat u Zot sollallohu alayhi vasallamning o‘zlariga emas, boshqa Payg‘ambarlarga ham yetgan ekan.

Eng shiddatli balolarga payg‘ambarlar, ulardan keyin ahli solihlar duchor bo‘lganlar. Payg‘ambarlar o‘z davrlarida odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, mol-dunyoni, mansabni va boshqa narsalarni qo‘yib, Allohga yuzlanishga chaqirganlar, o‘sha paytdagi mushriklar, kofirlar, munofiqlar, zolimlarning dashnomini, ozorini yeganlar. Ba’zilarini o‘ldirishgan, ba’zilarini yurtidan quvib chiqarishgan va hokazo.

Payg‘ambarlar ana shunday og‘ir mashaqqatlarga chidab, Alloh taoloning buyrug‘ini bajo keltirishgan.

Ahli solihlar, ulamolar ham doim katta bir balolarga mubtalo bo‘lishgan, quvg‘inlarga uchrab, qiyin hollarga qolib o‘tishgan, chunki ular payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir, ularga payg‘ambarlarning sharafli vazifalari bilan birga balolarga uchrashlari ham meros bo‘lib qolgan.

Lekin ular bundan shikoyat qilishmas edi, o‘zlariga yetgan baloni Allohdan berilgan ato deb qabul qilishar edi. Oddiy odamlar o‘ziga kutmagan joydan katta dunyo kelib qolganda qanday xursand bo‘lishsa, anbiyolaru solihlar ham o‘zlariga yetgan balolarga shunday xursand bo‘lishar, uni Allohning rahmati, inoyati deb qabul qilishar edi.

Demak, biz ham ulardan o‘rnak olishimiz lozim. O‘zimizga ba’zi noxushliklar yetib sinovga uchrasak, sabr qilishmiz, bu narsalarni sokinlik ila qabul qilishmiz kerak.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.