Bayraktar TB3 parvoz sinovi paytida 27 soat tanaffussiz havoda qoldi

Bayraktar TB3 parvoz sinovi paytida 27 soat tanaffussiz havoda qoldi

Bayraktar TB3 parvoz sinovi paytida 27 soat davomida havoda bo‘lgan.

Baykar tomonidan ishlab chiqilgan Turkiyaning Bayraktar TB3 UCAV UAV 27 soat davomida havoda bo‘lgan 26-sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi.

Baykar tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Bayraktar TB3 Chorludagi AKINCI Parvoz Ta’lim va Sinov Markazida 26-sinov parvozi davomida o‘rta balandlikda 27 soat 19 daqiqa tanaffussiz havoda qoldi.
Payshanba kuni soat 09.40 da boshlangan parvoz, Juma kuni soat 12.59 da Bayraktar TB3 g‘ildiraklari uchish-qo‘nish yo‘lagiga tegishi bilan muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘z sinfida eng yaxshisi bo‘lgan ASELFLIR-500 elektro-optik tizimi yordamida o‘rta balandlikda tizimning ishlashi va chidamliligini o‘lchagan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan Bayraktar TB3 27 soat davomida osmonda 4600 kilometr masofani bosib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!