Baydenning uyidan yana 6 ta maxfiy hujjat topildi

Baydenning uyidan yana 6 ta maxfiy hujjat topildi

FQB AQSh prezidenti Jo Baydenning Delaver shtatidagi Uilmington shahridagi uyini tintuv qilish chog‘ida oltita maxfiy hujjat topdi. Bu haqda CNN davlat rahbarining advokati Bob Bauerga tayanib xabar berdi.

Qayd etilganidek, qidiruv ishlari o‘tgan juma, 20 yanvar kuni amalga oshirilgan va taxminan 13 soat davom etgan. Topilgan hujjatlar Baydenning Senatdagi va AQSh vise-prezidenti lavozimlarida ishlagan davriga tegishli. Tintuv vaqtida prezidentning o‘zi bo‘lmagan.

Avvalroq Amerika ommaviy axborot vositalari Baydendan topilgan maxfiy hujjatlar haqida ikki marta - uning Vashingtondagi Penn-Bayden diplomatiya va global hamkorlik tahliliy markazidagi shaxsiy kabinetida va Uilmingtondagi uyi garajida xabar bergan edi. Qonunga ko‘ra, prezident hujjatlarni saqlash uchun Milliy arxivga topshirishi kerak edi.

AQSh Bosh prokurori Merrik Garlend Robert Xurni Baydenning uyida maxfiy hujjatlar topilishini tekshirish uchun maxsus maslahatchi etib tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!