Bayden Putinga xabar jo‘natdi: "Oqibati yomon bo‘ladi"

Bayden Putinga xabar jo‘natdi: "Oqibati yomon bo‘ladi"

AQSh prezidentligiga nomzod Jozef Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinga "xabar" jo‘natdi.

NBC telekanali boshlovchisi Baydendan FQB rahbari Kristofer Reyning Moskvaning Amerika saylovlariga "aralashishga" urinishlari haqidagi bayonoti bilan bog‘liq holda Vladimir Putinga "xabar jo‘natish"ni so‘radi.

Bayden agar u saylovda g‘alaba qozonsa, "AQSh suveren ishlariga aralashish oqibatlari yomon bo‘lishi"ni isbotlashga va’da berdi. «Vladimir Putinga xabarim shuki, agar saylansam, o‘tgan voqealarni unutmayman. Chunki bu bizning suverenitetimizni buzishdir”, – dedi Bayden.

Uning fikriga ko‘ra, Amerika davlati rahbari Donald Tramp saylovlarga "aralashishga" qarshilik ko‘rsata olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!