Bayden AQSh byudjeti taqchilligini kamaytirishga qaror qildi

Bayden AQSh byudjeti taqchilligini kamaytirishga qaror qildi

AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, AQSh hukumati mamlakat byudjeti taqchilligini rekord darajadagi 1,5 trillion dollarga qisqartirishga qaror qilgan. Bu haqda Amerika yetakchisi o‘zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Baydenning ta’kidlashicha, o‘zidan oldingi Donald Tramp davrida kamomad har yili kengayib borgan. "Bu yil ma’muriyat kamomadni 1,5 trillion dollarga qisqartirish yo‘lida turibmiz - bu rekord bir yillik eng katta qisqarish" - dedi u.

Amerika rahbari byudjet taqchilligini kamaytirish inflyasiya bosimini yumshatishning asosiy usullaridan biri ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!