"Barselona" bosh murabbiyligiga ustuvor nomzod kim?

"Barselona" bosh murabbiyligiga ustuvor nomzod kim?

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati, agar amaldagi bosh murabbiy Xavi Ernandes mavsum oxirida jamoani tark etishga qaror qilsa, jamoaning yangi bosh murabbiyi lavozimiga ustuvor nomzod kim bo‘lishini aniqladi.

"Sport" nashri xabariga ko‘ra, rahbariyat o‘zining sobiq futbolchisi, hozirda "Barselona" o‘rinbosarlari jamoasini boshqarayotgan Rafael Markesni asosiy nomzod deb hisoblamoqda.

Avvalroq "ko‘k-anorranglilar" bir qator xorijiy mutaxassislarga qiziqish bildirgan edi. Tomas Tuxel, Yurgen Klopp, Roberto de Dzerbi, Xans-Diter Flik va boshqalar shu ro‘yxatga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!