BAA aholisining yarmidan ko‘pini koronavirusga qarshi emlab bo‘ldi

BAA aholisining yarmidan ko‘pini koronavirusga qarshi emlab bo‘ldi

BAA hukumatining ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinani 5 milliondan ortiq odam qabul qilib bo‘ldi. Bu 10 millionga yaqin odam yashaydigan BAAda aholining yarmi emlanganini anglatadi.

So‘nggi 24 soat ichida BAAda 103 469 kishi COVID-19 vaksinasini qabul qilgan bo‘lib, 13 fevral kuniga ko‘ra mamlakatda tarqatilgan vaksinalarning umumiy miqdori 5 005 264 dozaga yetdi.

«Sog‘liqni saqlash sohasining birgalikdagi sa’y-harakatlari va BAA xalqining sadoqati sababli milliy emlash kompaniyasida vaksina qabul qilib olganlar soni 5 milliontdan oshganini e’lon qilamiz» deydi Birlashgan Arab Amirliklarining inqiroz va tabiiy ofatlarni boshqarish idorasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!