Azor orollari yaqinida 4000 ta qimatbaho mashina bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Azor orollari yaqinida 4000 ta qimatbaho mashina bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Portugaliyaning Azor orollari yaqinida 16 fevral kuni yonib ketgan avtomobillarning katta partiyasini olib ketayotgan Felicity Ace kemasi kecha cho‘kib ketdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kompaniya vakili, kema operatorining aytishicha, "Felicity Ace"ning suv bosishi kutilmaganda bo‘lgan va yong‘in bir haftadan ortiq davom etgan.

Marine Traffic portali ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning Emden portidan 10 fevral kuni yo‘lga chiqqan kemaning oxirgi manzili Devisvill (Rod-Aylend, AQSh) porti bo‘lgan. Yong‘in 16 fevral kuni Atlantika okeanida Azor orollarining bir qismi bo‘lgan Fayal oroli yaqinida sodir bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi. Portugaliya dengiz floti o‘sha kuni 22 ekipaj a’zosini evakuasiya qildi.

Azor orollaridagi port rasmiylarining Reuters agentligiga aytishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni faqat Felicity Ace tashqarisida o‘chirishga harakat qilgan. Yoqilg‘i baklarining portlashi ehtimoli dadil harakat qilishiga to‘sqinlik qildi.

Aytmoqchi, Felicity Ace bortida Porsche, Audi va Bentley kabi brendlarning 4000 ga yaqin avtomobillari yuklangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!