Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi

Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi

“Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4739-son, 03.06.2020 y.) qabul qilindi.

❎ Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (engil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.


❕ Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari Prezidentning PQ-3818-son (https://lex.uz/docs/3802366#3803226) qarori bilan tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!