«AVTOTEST SAMARQAND» MCHJ nega raddiya berdi?

«AVTOTEST SAMARQAND» MCHJ nega raddiya berdi?

2018 yilning 3 noyabr kuni Sof.uz saytida “Avtotest Samarqand” MCHJ lisenziyasiz faoliyat olib borganligi rasman tasdiqlandi” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda muallif “Avtotest Samarqand” MCHJ 2017 yilning 6 noyabridan 2018 yilning 30 iyuligacha lisenziyasiz faoliyat yuritganini aytadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 139-sonli “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2018 yil 31 maydagi 408-sonli “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq malaka oshirishning bunday turdagi faoliyati 2018 yilning 1 avgustidan lisenziyalanadi va “Avtotest Samarqand” 2018 yilning 30 iyulida lisenziya olgan bo‘lib, bu muallifning axborotini chippakka chiqaradi. Unda chop etilgan fikrlarni noxolis, asossiz va tekshirilmagan deb hisoblaymiz.

Bundan tashqari, davlat organlari, shuningdek, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti haydovchilari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar tomonidan so‘raladigan barcha axborot “Avtotest Report” MCHJga benuqson yetkazilishini xabar qilamiz.

Yana bir marta ta’kidlab o‘tamizki, “Avtotest Samarkand” MCHJning faoliyati mutlaq shaffof, o‘qitish va beriladigan sertifikatlar legitim va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga to‘la mos keladi. Avtotest Report kompaniyasi ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati, jamoatchilik fikri va o‘z obro‘-e’tiboriga o‘ta ehtiyotkorona yondashadi.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda OAV vakillari tomonidan chop etiladigan Avtotest kompaniyasi, uning obro‘-e’tiboriga doir noaniq va noxolis axborotlar to‘xtashidan umid qilamiz hamda axborot tarqatishidan oldin mas’uliyatli bo‘lishga chaqiramiz.

Hurmat bilan Avtotest jamoasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!