Aviahalokatning barcha qurbonlari shaxsi aniqlandi

Aviahalokatning barcha qurbonlari shaxsi aniqlandi

Sud tibbiyot ekspertizasi vakillari Kubada halokatgga uchragan Boeing 737-200 samolyoti qurbonlari jasadini tekshiruv ishlarini yakunladi. Bu haqda Cibercuba portali mamlakat sud tibbiyoti Instituti vakillariga tayanib, xabar bermoqda. 

Boeing 737-200 samolyoti 18 may kuni Gavana – Olgin yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotib, halokatga uchragan. Samolyotda ekipaj bilan birga 113 kishi bor edi, ularning 112 nafari halok bo‘ldi. Hozirga qadar hayot bo‘lgan so‘nggi yo‘lovchining ahvoli jiddiy ekanligi aytilmoqda. Avvalroq uch kishining tirik qolgani aytilgandi. Ulardan ikki nafari keyinroq shifoxonada halok bo‘lgan. 

Halokatga uchragan Boeing 737-200 Damojh kompaniyasiga tegishli bo‘lib, bir oycha avval laynerni ekipaji bilan birga Cubana de Aviacion kompaniyasiga ijaraga bergan edi. Meksika Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi tekshiruvlar yakunlangunga qadar Damojh aviakompaniyasining faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!