Asakada o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz do‘pposladi. Mutasaddilar voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Asakada o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz do‘pposladi. Mutasaddilar voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Andijon viloyati Asaka tuman xalq ta’limi bo‘limi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unda tumandagi maktablardan birida o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlagani aks etgandi.

Ma’lum qilinishicha, holat Asaka tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ro‘y bergan va bu tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganilgan.

Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at va musiqa fanidan dars beruvchi o‘qituvchi U.M. o‘z o‘g‘li, ya’ni ushbu maktabning 4-b sinf o‘quvchisi M.I.ni do‘pposlagan.

Ta’kidlanishicha, o‘quvchi dars vaqtida so‘roqsiz uyiga ketib qolgan. Uning sinf rahbari SH.E. o‘quvchini surishtirib, farzandini darsda ishtirok etmaganini hamkasbi M.U.ga aytgan. U esa achchiq qilib o‘z farzandini urgan.

Ushbu holat yuzasidan Asaka tumani tumani voyaga yetmaganlar komissiyasiga murojaat etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!