Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeologlari Uyg‘onish davri topilmalarini qo‘lga kiritdilar, deya xabar qildi O‘zR FA Axborot xizmati.
Ayni paytda Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeologlari Bahrom Sadullayev rahbarligida Shovot tumanida joylashgan Kat-qal’a yodgorligida arxeologik dala tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.
2025-yilda qazishma ishlari yodgorlikning shimoliy qismida boshlandi. Yangi 10-qazishma maydonidagi tadqiqotlar jarayonida shaharning qadimgi davri va o‘rta asrlar topografiyasiga doir ma’lumotlar qo‘lga kiritildi. Ushbu ob’ektdagi qazishmalar natijasida so‘ngi antik davrga oid inshoot qoldiqlari va u bilan bog‘liq xonalar aniqlandi. Inshoot devorlari 42x42x10, 41x41x10, 40x40x10 sm hajmdagi xom g‘ishtlardan barpo etilgan. Keyinchalik ilk o‘rta asrlarda ta’mirlash ishlari bajarilib, qadimgi devorlardan asos sifatida foydalanishgan va 38x38x10, 39x39x10 sm hajmdagi xom g‘ishtlardan qo‘shimcha devorlar barpo etilgan. Devorlarni ochish davomida so‘nggi antik davr va ilk o‘rta asrlarga tegishli pol sathlari qayd qilinib, pol sathlaridan olingan sopollar namunalari inshoot qoldiqlarini davrlashtirishda muhim manba vazifasini o‘tadi.
Ushbu qadimiy inshoot qoldiqlarini ochish jarayonida yuqori qatlamlarda 20 dan ortiq chiqindi o‘ralar aniqlanib, ulardan 3 tasi IX-XI asrlarga, qolganlari XVIII-XIX asrlarga tegishlidir. Shulardan IX-XI asrlarga oid o‘ralar juda ko‘plab sirlangan va sirlanmagan sopol buyumlardan iborat noyob topilmalar kolleksiyasini taqdim etdi.
Ular orasida jimjimador o‘simliksimon o‘yma bezaklar, rangdor soxta epigrafik va turli shakldagi naqshlar bilan bezatilgan kosalar va bodiyalar qoldiqlari juda qiziqarlidir. Sirlanmagan idishlarning aksariyati ko‘zalarga tegishli bo‘lib, ular ham o‘ta nozik did bilan ishlangan va turli xil naqshlar tushirilgan. Jumladan, ularning birida ko‘za baldog‘iga ilingan xalqaning saqlanib qolganligi juda noyob topilma sifatida qayd qilinadi.
Topilmalar orasida shisha buyumlar va suyakka tushirilgan naqsh bezaklari ham hunarmandchilikning faqat kulolchilik tarmog‘i emas balki boshqa turlari ham Xorazmda keng yoyilganligidan dalolat beradi. Shisha buyumlarining yasalishi, sopol idishlarga va suyak qoldiqlariga berilgan bezaklar, ularning ishlanish uslubi o‘rta asrlarda Xorazm vohasida fayoliyat yuritgan usta hunarmandlarning yuksak darajadagi malaka sohibi bo‘lganliklaridan dalolat beradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.